«Oʻzsanoatqurilishbank» ATB Sberbank koʻmagida investorlar bilan uchrashuv oʻtkazdi


14.09.2020 13:01

«Oʻzsanoatqurilishbank» ATB Sberbank koʻmagida investorlar bilan uchrashuv oʻtkazdi

2020-yil 10-sentyabrkuni Sberbank CIB koʻmagida xalqaro investitsion fondlarning menejerlari va moliyaviy tahlilchilari bilan videokonferensaloqa tarzida uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Uchrashuvda dunyoning turli mintaqalaridagi kompaniyalarning suveren obligatsiyalari va qarz qogʻozlariga oʻz mablagʻlarini faol investitsiya qilayotgan Danske Bank Asset Management, Eaton Vance, Fidelity Investments, MFS Investment Management, Ninety One, Pinebridge, Sberbank CIB UK, Sberbank CIB USA, Waha Capital, Wellington Management kabi Yevropa, AQSH, Buyuk Britaniya, Osiyo va Rossiyaning yirik investitsion fondlari menejerlari va tahlilchilari ishtirok etdi.

Tadbir davomida chet ellik hamkorlar uchun Bankning joriy faoliyati va kelgusi davrga moʻljallangan strategiyasi haqida qisqacha taqdimot oʻtkazildi. Uchrashuv ishtirokchilari Bank tomonidan Xalqaro moliya korporatsiyasi va Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki bilan hamkorlikda bankni transformatsiya qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlar, xalqaro ekspertlar koʻmagida korporativ bank boshqaruvi tizimining samaradorligi va jozibadorligini oshirish borasidagi chora-tadbirlar, shuningdek, davlat va bank darajasida koronavirusning iqtisodiyotga salbiy taʼsirini yumshatish, moliyaviy barqarorlikni mustahkamlash boʻyicha koʻrilayotgan choralar bilan tanishtirildi hamda   kredit portfeli, uning sifatiga pandemiyaning taʼsiri haqidagi sharh taqdim etildi.

Tadbir soʻngida investorlar oʻzlarini qiziqtirayotgan savollarga javob oldilar.

Bank Axborot xizmati





Boshqa yangiliklar

10/23/2026 06:00:48 pm
SQB o‘zbek tili uchun yirik ochiq matnlar bazasi — UzLPCloyihasini taqdim etdi

Sun’iy intellekt va raqamli texnologiyalar hayotimizga jadalkirib kelayotgan davrda, aqlli dasturlarning o‘zbek t ...

10/22/2026 10:44:22 am
Serjiu Choklya “O‘zsanoatqurilishbank” ATB Kuzatuv kengashi raisi etib saylandi

2026-yil 5-oktyabrda “O‘zsanoatqurilishbank” (SQB) aksiyadorlari tomonidan Kuzatuv kengashining mus ...


Oxirgi yangilanish sanasi: 27.11.2020 13:02  
up