«O‘zsanoatqurilishbank» ATB va Xususiy sektorni rivojlantirish bo‘yicha islom korporatsiyasi 25 mln. AQSh dollariga teng moliyalashtirish liniyasi to‘g‘risida bitim imzoladi


23.02.2021 15:05

«O‘zsanoatqurilishbank» ATB va Xususiy sektorni rivojlantirish bo‘yicha islom korporatsiyasi 25 mln. AQSh dollariga teng moliyalashtirish liniyasi to‘g‘risida bitim imzoladi

2021 yil 1 fevral kuni «O‘zsanoatqurilishbank» ATB va Xususiy sektorni rivojlantirish bo‘yicha Islom korporatsiyasi (XSRIK) o‘rtasida 25 mln. AQSh dollariga teng moliyalashtirish liniyasi to‘g‘risida bitim imzoladi.

Unga ko‘ra, XSRIK «O‘zsanoatqurilishbank»ga kichik va o‘rta biznes (KO‘B) sub'yektlarining investitsion loyihalarini moliyalashtirishning islom usullaridan foydalangan holda moliyalashtirishga ko‘maklashadi.

Tomonlar, shuningdek, bank mutaxassislarining yangi noan’anaviy bank mahsulotlari va xizmatlari haqidagi xabardorligi va amaliy bilimlarini oshirish maqsadida soha mutaxassislari uchun moliyalashtirishning islom usullari (jumladan, Murabaxa - iste’mol krediti) bo‘yicha o‘quv-amaliy dasturlarni birgalikda tashkil etishga kelishib oldilar.

Ushbu bitimning imzolanishi bankda shariat tamoyillari asosida yangi moliyaviy xizmat turlarini joriy etish va ITB guruhining qo‘shimcha moliyaviy resurslarini jalb qilish uchun imkoniyat yaratadi. Shuningdek, joriy yil iyun oyida mamlakatimizda bo‘lib o‘tadigan Islom taraqqiyot banki Boshqaruvchilari kengashining yillik majlisi arafasida boshqa banklar va moliyaviy tashkilotlar hamda islom moliyalashtirish usullari bilan shug‘ullanuvchi investitsion fondlar uchun ham ijobiy belgi hisoblanadi.

Bu «O‘zsanoatqurilishbank»ga XSRIK tomonidan ajratilgan uchinchi moliyalashtirish liniyasidir. Bundan avval korporatsiya tomonidan 2009-2012 yillarda umumiy qiymati 18 mln. AQSh dollarilik ikkita moliyalashtirish kredit liniyasi ajratilgan edi.

Ma’lumot uchun: Xususiy sektorni rivojlantirish bo‘yicha Islom korporatsiyasi (XSRIK) - Islom taraqqiyot banki (ITB) guruhi a’zolaridan biridir. Korporatsiyaning maqsadi - iqtisodiy rivojlanishni qo‘llab-quvvatlash va moliyalashtirish hamda investitsiyalarni taqdim etish orqali a’zo-mamlakatlarda xususiy sektorni rivojlantirishga ko‘maklashishdan iborat. Korporatsiya, shuningdek, KO‘Bni ta’sis etish, kengaytirish va modernizatsiyalashga ko‘maklashish maqsadida hukumatlar va xususiy tashkilotlarga konsultativ xizmatlar ko‘rsatadi.

Bank Axborot xizmati





Boshqa yangiliklar

10/16/2026 06:58:12 pm
SQB: strategik rivojlanish va korporativ boshqaruvdagi natijalar

Joriy yilning 5 oktyabridan eʼtiboran Odilbek Isakovning “O‘zsanoatqurilishbank” ATB (S ...

10/14/2026 06:22:05 pm
SQBda texnik yangilash ishlari o‘tkaziladi

Hurmatli mijozlar! Joriy yil 15-oktyabr kuni soat 03:00 dan 13:00 ga qadar O‘zsanoatqurilishbank (SQB)ning ...

10/14/2026 05:37:53 pm
Murojaatdan amaliy yechimga: SQBda aholi bilan muloqot qanday yo‘lga qo‘yilgan?

Toshkent viloyatida O‘zsanoatqurilishbank mas’ullari ishtirokida o‘tkazilgan sayyor qabulda fuqaro B.M. o‘z bizne ...


Oxirgi yangilanish sanasi: 24.02.2021 14:47  
up
logo
DEMO
close
Давайте поговорим!
close
send
arrow-left
Недавние чаты
close
История
FAQ
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит