“O‘zsanoatqurilishbank” ATBning rasmiy munosabati


07.09.2025 18:36

Joriy yilning 6-sentyabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda fuqaro A.E. (ismi o‘zgartirilgan) kartalaridan asossiz mablag‘ yechilgani haqida murojaat e’lon qilindi.
 
O‘zsanoatqurilishbank tomonidan mazkur holat o‘rganilganda murojaatchi kartalari bir necha bor “Avtotoʻlov” dasturidan uzilganiga qaramay, to‘lov tizimida ular boshqa shaxsning PINFL (4310****0148) raqamiga asossiz ravishda bog‘langan holda qolgani aniqlandi.
 
To‘lov tashkiloti bilan hamkorlikda o‘tkazilgan o‘rganish jarayonida esa ushbu PINFL ma’lumotlari avvalroq boshqa tijorat banklari tomonidan tizimga kiritilgani, shu bois murojaatchi kartalari noto‘g‘ri ma’lumotga ulanib qolgani ma’lum bo‘ldi.
 
Ayni paytda mijozning barcha kartalari “Avtotoʻlov” dasturidan uzildi, asossiz yechilgan mablag‘lar to‘liq qaytarildi.
Mijozga bunday holatlar yana takrorlanmasligi uchun mijoz tomonidan tegishli tijorat banklari va to‘lov tashkilotiga PINFL ma’lumotlarini yangilash va qayta tekshirish bo‘yicha rasmiy murojaat yuborish lozimligi tushuntirildi.

 
O‘zsanoatqurilishbank mijozlarni shaxsiy ma’lumotlari bank va to‘lov tizimlarida to‘g‘ri aks etganini muntazam ravishda nazorat qilishga chaqirib qoladi.
 
O‘zsanoatqurilishbankning Tashqi aloqalarni muvofiqlashtirish xizmati




Boshqa yangiliklar

10/23/2026 06:00:48 pm
SQB o‘zbek tili uchun yirik ochiq matnlar bazasi — UzLPCloyihasini taqdim etdi

Sun’iy intellekt va raqamli texnologiyalar hayotimizga jadalkirib kelayotgan davrda, aqlli dasturlarning o‘zbek t ...

10/22/2026 10:44:22 am
Serjiu Choklya “O‘zsanoatqurilishbank” ATB Kuzatuv kengashi raisi etib saylandi

2026-yil 5-oktyabrda “O‘zsanoatqurilishbank” (SQB) aksiyadorlari tomonidan Kuzatuv kengashining mus ...


Oxirgi yangilanish sanasi: 03.10.2025 09:41  
up