Ijtimoiy tarmoqlarda Oʼzsanoatqurilishbank tomonidan “Realsoft” masʼuliyati cheklangan jamiyati bilan 700 mln. soʼmlik shartnoma tuzilganligi haqida post eʼlon qilingan.
Bank Аxborot xizmati, Oʼzsanoatqurilishbank va “Realsoft” MChJ oʼrtasidagi shartnoma bank tizimida “Elektron hujjatlar aylanmasi” dasturining yangi versiyasini ishlab chiqish maqsadida imzolanganini maʼlum qiladi.
Xarid jarayonlari Prezidentimizning 2023 yil 31 iyuldagi “Oʼzsanoatqurilishbank” aktsiyadorlik tijorat bankining moliyaviy barqarorligini mustahkamlash va xususiylashtirishni jadallashtirishga oid qoʼshimcha chora-tadbirlar toʼgʼrisida”gi qaroriga muvofiq, Bank Kuzatuv kengashi tomonidan tasdiqlangan nizomga asosan amalga oshirilgan.
Tanlovda 4 ta ishtirokchi korxona tomonidan takliflar kelib tushgan boʼlib, uning shartlariga koʼra, “Realsoft” MChJ gʼolib deb topilgan.
Bank Аxborot xizmati
Joriy yilning 5 oktyabridan eʼtiboran Odilbek Isakovning “O‘zsanoatqurilishbank” ATB (S ...
Hurmatli mijozlar! Joriy yil 15-oktyabr kuni soat 03:00 dan 13:00 ga qadar O‘zsanoatqurilishbank (SQB)ning ...
Toshkent viloyatida O‘zsanoatqurilishbank mas’ullari ishtirokida o‘tkazilgan sayyor qabulda fuqaro B.M. o‘z bizne ...

