O‘zsanoatqurilishbank birinchilardan bo‘lib ESG va barqaror rivojlanish siyosatini ishlab chiqdi


01.04.2024 14:24

O‘zsanoatqurilishbank tizimida moliya-bank sohasida birinchilardan bo‘lib ESG va barqaror rivojlanish siyosati tasdiqlandi. Bu bilan bank global ekologik va ijtimoiy dasturlarni yanada faol qo‘llab-quvvatlashga kirishdi.

Prezidentimiz tomonidan 2023-yil 31-iyulda qabul qilingan “O‘zsanoatqurilishbank” aksiyadorlik tijorat bankining moliyaviy barqarorligini mustahkamlash va xususiylashtirishni jadallashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorda xalqaro moliya institutlari bilan hamkorlikda ekologik, ijtimoiy va korporativ boshqaruv tamoyillarini joriy qilish belgilangan.

Shuningdek, davlatimiz rahbarining joriy yil 21-fevraldagi “O‘zbekiston – 2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi farmonida ham korporativ ijtimoiy mas’uliyat (CSR) hamda ESG tamoyillarini joriy qilish bo‘yicha alohida vazifalar belgilangan. Farmonga asosan shu yil 1 iyuldan boshlab davlat ishtirokidagi korxonalar faoliyatida ochiqlik darajasini keskin oshirish va korporativ boshqaruvni yanada takomillashtirish maqsadida davlat ulushi 50 foiz va undan yuqori bo‘lgan yirik soliq to‘lovchilar CSR va ESG holati to‘g‘risida har yili 1 iyulga qadar hisobotni jamoatchilikka oshkor etish amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi.

Mazkur hujjatlarga muvofiq ishlab chiqilgan ESG va barqaror rivojlanish siyosati bank uchun mijozlar, investorlar, aksiyadorlar, hamkorlar, shuningdek iqtisodiyot tarmoqlari bilan “yashil” iqtisodiyot mezonlari doirasida hamkorlik qilishda dasturilamal bo‘ladi.

– ESG tamoyillari asosida ish yuritish yorqin kelajak uchun muhim poydevordir, shu bois xorijiy investorlar kompaniyalarni tanlashda ushbu jihatga ustuvor ahamiyat bermoqda, – deydi “O‘zsanoatqurilishbank” ATB boshqaruv raisi o‘rinbosari Farrux Abdurahmonov. – Davlatimz rahbari tomonidan qabul qilingan yuqoridagi hujjatlarga ko‘ra joriy etilayotgan ESG tamoyillari muassasaga istiqbolli investorlarni jalb qilishda muhim rol o‘ynaydi.

Shuningdek, bankning ESG va barqaror rivojlanish siyosati yurtimizda “yashil” loyihalarni faol ravishda moliyalashtirish va shu asosda iqtisodiyot tarmoqlarida qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan unumli foydalanish, atrof-muhitga tarqaladigan salbiy chiqindilarni kamaytirish hamda ekologik barqarorlikni ta’minlashga xizmat qiladi.

Siyosatga ko‘ra, ekologik, ijtimoiy va iqtisodiy sohalardagi umumjahon miqyosda kuzatilayotgan global muammolar yechimi o‘rganilib, ular bankning yaqin va uzoq muddatli barqaror rivoji yo‘lida keng qo‘llaniladi.

Bank Axborot xizmati





Boshqa yangiliklar

10/13/2026 11:09:09 am
SQBda xodimlarning kommunikatsiya ko‘nikmalari rivojlantirilmoqda

“O‘zsanoatqurilishbank”da xodimlarning kasbiy kompetensiyalarini oshirish, jamoatchilik bilan samarali muloqotni ...

10/12/2026 03:33:45 pm
Qo‘ng‘irotda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot: murojaatlar va amaliy yechimlar

Qoraqalpog‘iston Respublikasining Qo‘ng‘irot tumanida tadbirkorlarning murojaatlarini o‘rganish, mavjud muammolarni hal ...

10/12/2026 12:08:27 pm
SQB yoshlari: raqamli xavfsizlik va barqaror kelajak

“O‘zsanoatqurilishbank” ATBda “Yoshlar kuni” doirasida xodimlarning zamonaviy bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirishga q ...


Oxirgi yangilanish sanasi: 01.04.2024 14:24  
up
logo
DEMO
close
Давайте поговорим!
close
send
arrow-left
Недавние чаты
close
История
FAQ
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит