Oʻzsanoatqurilishbank BMTning Global shartnomasi tashabbusiga qoʻshildi


19.05.2023 09:57

Oʻzsanoatqurilishbank Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT)ning Global shartnomasi tashabbusiga qoʻshildi. Tashkilot rasmiy saytidagi Oʻzsanoatqurilishbank sahifasida uning ushbu tashabbus ishtirokchisi sifatidagi barqarorlikni taʼminlash saʼy-harakatlari batafsil (https://unglobalcompact.org/what-is-gc/participants/156581-Uzbek-Industrial-and-Construction-Bank-Joint-Stock-Commercial-Bank) yoritilgan.

Global shartnoma – bu masʼuliyatli biznes amaliyotlarini ishlab chiqish, amalga oshirish va oshkor qilish uchun ixtiyoriy yetakchilik platformasi hisoblanadi. U butun dunyo boʻylab kompaniyalarni barqaror va ijtimoiy masʼuliyatli siyosat yuritishga undashi bilan ahamiyatlidir.

“Oʻzsanoatqurilishbank barchamiz xohlagan dunyoni yaratish uchun masʼuliyatli biznes choralarini koʻrish majburiyatini olgan minglab boshqa kompaniyalar qatoriga qoʻshilgani quvonarli voqelikdir”, deyiladi tashkilot rasmiy xabarida.

Global shartnoma doirasida kompaniyalar BMT agentliklari, mehnat guruhlari hamda fuqarolik jamiyati bilan integratsiya qilinadi.

Bugungi kunda jahon hamjamiyatidagi eng yirik mazkur korporativ barqarorlik tashabbusi 160 dan ortiq mamlakatlarda joylashgan 15 mingan ziyod kompaniya va 4 mingga yaqin notijorat tashkilotni oʻz ichiga oladi.

Unga aʼzo kompaniyalar faoliyati va strategiyasi inson huquqlari, mehnat, atrof-muhitni muhofaza qilish va korrupsiyaga qarshi kurash sohalarida umumeʼtirof etilgan oʻnta tamoyilga muvofiqlashtiriladi.

Bundan tashqari, tashkilot aʼzo kompaniyalarning Barqaror taraqqiyot maqsadlari yoʻlidagi ishlarni qoʻllab-quvvatlashiga katta investitsiya kiritadi.

 

Bank Axborot xizmati





Boshqa yangiliklar

10/16/2026 06:58:12 pm
SQB: strategik rivojlanish va korporativ boshqaruvdagi natijalar

Joriy yilning 5 oktyabridan eʼtiboran Odilbek Isakovning “O‘zsanoatqurilishbank” ATB (S ...

10/14/2026 06:22:05 pm
SQBda texnik yangilash ishlari o‘tkaziladi

Hurmatli mijozlar! Joriy yil 15-oktyabr kuni soat 03:00 dan 13:00 ga qadar O‘zsanoatqurilishbank (SQB)ning ...

10/14/2026 05:37:53 pm
Murojaatdan amaliy yechimga: SQBda aholi bilan muloqot qanday yo‘lga qo‘yilgan?

Toshkent viloyatida O‘zsanoatqurilishbank mas’ullari ishtirokida o‘tkazilgan sayyor qabulda fuqaro B.M. o‘z bizne ...


Oxirgi yangilanish sanasi: 04.08.2025 16:05  
up
logo
DEMO
close
Давайте поговорим!
close
send
arrow-left
Недавние чаты
close
История
FAQ
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит