Oʻzsanoatqurilishbank BMTning iqlimga oid tadbiri – COP29da faol ishtirok etdi


26.11.2024 16:37

Joriy yilning 11-22-noyabr kunlari Boku shahrida oʻtkazilgan BMT Iqlim oʻzgarishi toʻgʻrisidagi hadli konvensiyasi Tomonlari konferensiyasining 29-sessiyasi (COP29)da Oʻzsanoatqurilishbank faol ishtirok etdi.

COP29 tadbirlari iqlim oʻzgarishiga qarshi kurashish, uning oqibatlarini yumshatish, iqlim boʻyicha strategiyalarni ishlab chiqish va “yashil” energetikaga oʻtishni moliyalashtirish boʻyicha xalqaro hamkorlik platformasi sifatida oʻtdi.

Forum doirasida Oʻzbekiston delegatsiyasi tomonidan yuqori darajadagi qator uchrashuvlar oʻtkazildi. Ularda yerlarning tanazzulga uchrashi va choʻllanishga qarshi kurash, ekologik taʼlimni rivojlantirish va iqlim kun tartibini ilgari surishda yoshlarning roli kabi masalalar muhokama qilindi. Oʻzsanoatqurilishbankning ushbu yoʻnalishdagi amaliy ishlari yuqori baholandi.

Taʼkidlash joiz, global ekologik muammolar keskinlashib borayotgan sharoitda moliya institutlarining roli muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Soʻnggi yillarda Oʻzsanoatqurilishbank oʻz faoliyatida “yashil” bank strategiyasini ilgari surib, Ekologik, ijtimoiy va korporativ boshqaruv (Environmental, sochial and governance – ESG) tamoyillarini joriy etmoqda. Bu esa, mamlakatimizda iqlim oʻzgarishiga qarshi kurashishning samaradorligini oshirishga, shuningdek, tabiiy resurslarni tejash, chiqindilarni boshqarish va ekologik barqarorlikni taʼminlashga katta hissa qoʻshmoqda.

Yaqin istiqbolda bank Yashil iqlim jamgʻarmasi (Green Climate Fund – GCF) akkreditatsiyasidan oʻtishni rejalashtirgan. Ushbu masala yuzasidan GCF vakillari bilan tashkil qilingan uchrashuvda bankning rivojlanish yoʻlidagi saʼy-harakatlari hamda ESG tamoyillarini tadbiq etish borasidagi faoliyati yuqori baholandi.

GCF akkreditatsiyasi bankka katta imkoniyatlar yaratadi. “Yashil” loyihalar uchun grantlar, imtiyozli kreditlar, kafolat vositalari va kapitalga investitsiyalar kabi moliyaviy instrumentlarni jalb qilishga keng yoʻl ochadi.

Maʼlumot uchun: GCF dunyodagi yirik iqlim jamgʻarmasi boʻlib, uning faoliyati past uglerodli va barqaror rivojlanish uchun investitsiyalarni moliyalashtirishga yoʻnaltirilgan.

Bugungi kunda jamgʻarma rivojlanayotgan davlatlarga iqlim oʻzgarishi muammolarini hal qilishda yaqindan koʻmaklashib kelmoqda.

GCF akkreditatsiyasi esa, moliyaviy tashkilotlarga ushbu jamgʻarma resurslaridan foydalanish imkonini beradi.

Bank Axborot xizmati





Boshqa yangiliklar

09/08/2026 12:24:37 pm
Shaffof bank — ishonchli hamkor: tadbirkorlar bilan ochiq muloqot

“O‘zsanoatqurilishbank” ATB Korrupsiyaga qarshi kurashish xizmati tomonidan Samarqand viloyatida tadbirkorlar bil ...

09/04/2026 07:07:02 pm
SQB AI Tech Summit 2026 xalqaro konferensiyasida AI-transformatsiya tajribasini taqdim etdi

“O‘zsanoatqurilishbank” (SQB) Belgradda o‘tkazilayotgan AI Tech Summit 2026 ...

09/03/2026 03:24:31 pm
Ta’lim uchun moliyaviy ko‘mak: SQB imkoniyatlari

“O‘zsanoatqurilishbank” ATB Korporativ markazi xodimlari tomonidan “Perfect-University” MChJ oliy ta’lim muassasa ...


Oxirgi yangilanish sanasi: 04.08.2025 16:05  
up
logo
DEMO
close
Давайте поговорим!
close
send
arrow-left
Недавние чаты
close
История
FAQ
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит