O‘zsanoatqurilishbank “2019-yilning eng yaxshi ish beruvchisi” mukofoti sovrindori


10.10.2019 15:41

DaVinci talqini bo‘yicha "2019-yilning eng yaxshi ish beruvchisi” mukofoti sovrindorlarini taqdirlash marosimida O‘zsanoatqurilishbank biryo‘la ikkita – “Davlat korxonalari ichida eng yaxshi “team-building” va “Davlat korxonalari o‘rtasida yilning eng yaxshi HR-tadbiri” nominasiyalari bo‘yicha rag‘batlantirildi.

Joriy yilning 9-oktyabr kuni poytaxtimizdagi “Rаdisson Blu” mehmonxonasida “DaVinci talqini bo‘yicha 2019-yilda eng yaxshi ish beruvchisi” mukofoti sovrindorlarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

c64918a2-7fec-4aec-a82e-c53ecbc3dd11.jpg

Unda DaVinci Management Consulting kompaniyasi tahlilchilari O‘zsanoatqurilishbank tizimida xalqaro HR standartlarini tatbiq etish bo‘yicha olib borilayotgan siyosatini yuqori baholab, biryo‘la ikkita yo‘nalish bo‘yicha taqdirlashni lozim topdi.

– So‘nggi bir yilda ushbu bank HR tizimida samarali loyihalar amalga oshirilib, katta natijalarga erishildi, – deydi DaVinci Management Consulting kompaniyasi ta’sischisi Xilola Suleymanova. – Ulardan biri “Team-building”. Korporativ boshqaruvning eng istiqbolli modellaridan biri bo‘lgan ushbu uslub jamoaviy ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirish, umumiy maqsadni shaxsiy maqsadlar bilan umumlashtirish, pirovardida esa, ko‘zlangan natijaga birgalikda erishishga ko‘maklashishi bilan ahamiyatlidir. Fursatdan foydalanib, bank jamoasini bugungi muvaffaqtlari bilan tabriklab, yanada yuqori cho‘qqilarni zabt etishini tilab qolamiz.

“Davlat korxonalari o‘rtasida yilning eng yaxshi HR-tadbiri” nominasiyasi bo‘yicha mukofot Bankda tashkil etilgan “SQB Ayollar klubi” faoliyatiga berilgan bahodir.

Ma’lumki, mazkur klub Bank tizimida xotin-qizlarning salohiyatini yanada rivojlantirish, yetakchilik qobiliyatini kuchaytirish, siyosatchi, rahbar va jamoat arboblari sifatida o‘zlarini namoyon qilishga ko‘maklashish maqsadida tashkil etilgan.

         Bank Axborot xizmati





Boshqa yangiliklar

10/23/2026 06:00:48 pm
SQB o‘zbek tili uchun yirik ochiq matnlar bazasi — UzLPCloyihasini taqdim etdi

Sun’iy intellekt va raqamli texnologiyalar hayotimizga jadalkirib kelayotgan davrda, aqlli dasturlarning o‘zbek t ...

10/22/2026 10:44:22 am
Serjiu Choklya “O‘zsanoatqurilishbank” ATB Kuzatuv kengashi raisi etib saylandi

2026-yil 5-oktyabrda “O‘zsanoatqurilishbank” (SQB) aksiyadorlari tomonidan Kuzatuv kengashining mus ...


Oxirgi yangilanish sanasi: 17.10.2019 13:35  
up