O‘zsanoatqurilishbank “ESG Business” jurnalining nufuzli mukofotlariga sazovor bo‘ldi


07.10.2024 11:40

Singapurda “ESG Business” jurnali tomonidan ESG sohasida barqaror va innovatsion amaliyotlar hamda tashabbuslarni namoyish etgan tashkilotlar taqdirlandi. O‘zsanoatqurilishbank biryo‘la ikkita mukofotga sazovor bo‘ldi.

2019-2030-yillarga mo‘ljallangan O‘zbekiston Respublikasining “yashil” iqtisodiyotga o‘tish strategiyasi tashkilot va muassasalarda ESG tamoyillarini joriy etish ishlarini jadallashtirdi.

O‘zsanoatqurilishbank tomonidan ushbu tizim Xalqaro moliya korporatsiyasi bilan hamkorlikda joriy qilinib, uning asosida ishlab chiqarishning atrof-muhitga salbiy ta’sirini kamaytirishga, energiya samaradorlikni ta’minlashga, tabiiy resurslarni tejash va uglerod chiqindilarini minimallashtirishga erishilmoqda.

“ESG Business” jurnalining nufuzli tadbiri davomida O‘zsanoatqurilishbankning ushbu yo‘nalishdagi faoliyati alohida e’tirof etilib, muassasa ko‘magida ishga tushirilgan 2 ta loyihaga maxsus mukofotlar taqdim etildi.

Jumladan, O‘zbekistonda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini joriy etganlik uchun mukofot neft va gaz sohasiga oid loyiha uchun berilgan bo‘lsa, mamlakat sanoatida energiya samaradorligini ta’minlaganlik uchun mukofotga qurilish materiallari ishlab chiqarish tarmog‘idagi loyiha munosib ko‘rildi.

Taqdirlash marosimida bankning ESG tamoyillari asosidagi faoliyati tabiiy resurslarni tejash va ekologik barqarorlikni ta’minlash bilan bir qatorda ilg‘or texnologiyalarni faol o‘zlashtirish, mahsulot tannarxini pasaytirish, yangi ish o‘rinlarini yaratib, ishchi-xodimlar uchun raqobatbardosh ish haqi taklif etish kabi muhim ijtimoiy-iqtisodiy masalalarga yechimiga xizmat qilishi ta’kidlandi.

Bank Axborot xizmati






Boshqa yangiliklar

10/14/2026 06:22:05 pm
SQBda texnik yangilash ishlari o‘tkaziladi

Hurmatli mijozlar! Joriy yil 15-oktyabr kuni soat 03:00 dan 13:00 ga qadar O‘zsanoatqurilishbank (SQB)ning ...

10/14/2026 05:37:53 pm
Murojaatdan amaliy yechimga: SQBda aholi bilan muloqot qanday yo‘lga qo‘yilgan?

Toshkent viloyatida O‘zsanoatqurilishbank mas’ullari ishtirokida o‘tkazilgan sayyor qabulda fuqaro B.M. o‘z bizne ...

10/14/2026 05:17:04 pm
Qadriyatlarga tayangan biznes – barqaror rivojlanish asosi yoxud yosh tadbirkorning muvaffaqiyat formulasi

Xiva shahrida, ochiq osmon ostidagi muzey nomini olgan tarixiy Ichan qal’a yaqinida faoliyat yuritayotgan “Sofra” ...


Oxirgi yangilanish sanasi: 08.10.2024 10:04  
up
logo
DEMO
close
Давайте поговорим!
close
send
arrow-left
Недавние чаты
close
История
FAQ
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит