O‘zsanoatqurilishbank “Euromoney” jurnali mukofotiga sazovor bo‘ldi


29.11.2024 11:41

O‘zsanoatqurilishbank “Euromoney” jurnali mukofotiga sazovor bo‘ldi

“Euromoney” xalqaro yetakchi nashri tomonidan ko‘chmas mulk sohasidagi eng yaxshi moliyaviy tashkilotlarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zsanoatqurilishbank “O‘zbekistonning ko‘chmas mulk sohasidagi eng yaxshi banki” nominatsiyasi bo‘yicha mukofotlandi.

Ushbu nufuzli mukofot ipoteka bozorida innovatsiyalarni joriy etish va mijozlarga xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilash bo‘yicha banklarning mahalliy bozordagi yetakchilik mavqeini e’tirof etadi.

Ta’kidlash joiz, so‘nggi yilda bank tizimida ipoteka kreditlari qoldig‘i 11 foizga oshib, jismoniy shaxslarga ajratilgan kredit portfeli qoldig‘ining 60 foizini tashkil etadi.

Bank tizimida Xalqaro moliya korporatsiyasi, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki hamda Osiyo taraqqiyot banki bilan hamkorlikda olib borilgan transformatsiya ishlari, qolaversa kredit portfelining diversifikatsiya qilingani natijasida so‘nggi besh yil ichida bank ko‘rsatkichlari bir necha barobarga o‘sdi.

Chakana biznes bilan bir qatorda kichik va o‘rta biznes segmentlarini rivojlantirishga, xususan, yangi mahsulotlarni joriy qilish, mobil ilovasi imkoniyatlarini kengaytirish hamda barcha biznes jarayonlarni raqamlashtirish va sun’iy intellektni joriy etishga alohida e’tibor qaratildi.

Aytish lozimki, “Euromoney” dunyoning bank, moliya va investitsiya sohalariga ixtisoslashgan yetakchi nashriyotlaridan biri hisoblanadi. Nufuzli jurnal ushbu sohalardagi kompaniyalar faoliyatining ahamiyati va ta’sirini xolisona baholash hamda reytinglash tizimi bilan moliya va media bozorida o‘z nufuzini saqlab kelmoqda.

Bank Axborot xizmati

 





Boshqa yangiliklar

10/16/2026 06:58:12 pm
SQB: strategik rivojlanish va korporativ boshqaruvdagi natijalar

Joriy yilning 5 oktyabridan eʼtiboran Odilbek Isakovning “O‘zsanoatqurilishbank” ATB (S ...

10/14/2026 06:22:05 pm
SQBda texnik yangilash ishlari o‘tkaziladi

Hurmatli mijozlar! Joriy yil 15-oktyabr kuni soat 03:00 dan 13:00 ga qadar O‘zsanoatqurilishbank (SQB)ning ...

10/14/2026 05:37:53 pm
Murojaatdan amaliy yechimga: SQBda aholi bilan muloqot qanday yo‘lga qo‘yilgan?

Toshkent viloyatida O‘zsanoatqurilishbank mas’ullari ishtirokida o‘tkazilgan sayyor qabulda fuqaro B.M. o‘z bizne ...


Oxirgi yangilanish sanasi: 02.12.2024 18:47  
up
logo
DEMO
close
Давайте поговорим!
close
send
arrow-left
Недавние чаты
close
История
FAQ
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит