O‘zsanoatqurilishbank “Euromoney” mukofotlariga sazovor bo‘ldi


28.03.2025 17:49

O‘zsanoatqurilishbank “Euromoney” mukofotlariga sazovor bo‘ldi

Joriy yilning 27-mart kuni London shahrida “Euromoney” xalqaro jurnali tomonidan Osiyo va Yevropa mamlakatlari bank-moliya sektori muassasalarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zsanoatqurilishbank qator nufuzli nominatsiyalar bo‘yicha g‘olib deb topildi.

Jumladan, bank chakana xizmatlar sohasida eng ilg‘or, shuningdek, barqaror rivojlanish bo‘yicha O‘zbekistondagi eng faol moliya muassasasi sifatida tan olindi.

Ta’kidlash joiz, bank tizimida amalga oshirilayotgan transformatsiya doirasida chakana va premium segmentidagi mijozlarga yuqori darajada xizmat ko‘rsatish hamda samaradorlikni oshirish maqsadida innovatsion yondashuvlar joriy etildi.

Xususan, bankning tarixiy binosida individual va eksklyuziv xizmatlar ko‘rsatuvchi maxsus ofis tashkil etildi. Premium mijozlar uchun shaxsiy menejerlar tayinlanib, ular bilan bevosita va doimiy muloqot tizimi yo‘lga qo‘yildi. Aeroportda uchrashuv va transfer xizmatlari, mehmonxona va aviachiptalarni bron qilish, shuningdek, O‘zbekiston shaharlari bo‘ylab shaxsiy sayohatlarni o‘z ichiga olgan kompleks xizmatlar paketlari ishlab chiqildi.

Shuningdek, o‘tgan yil davomida bank tomonidan “yashil” bank yo‘nalishida ham keng ko‘lamli chora-tadbirlarni amalga oshirildi. Ekologik, ijtimoiy va korporativ boshqaruv (ESG) tamoyillarini joriy etish borasida alohida tuzilma tashkil etilib, sohaga oid me’yoriy hujjatlar ishlab chiqildi. Bankning moliyaviy rivojlanishni ijtimoiy mas’uliyat bilan uyg‘unlashtirgan holda olib borayotgani “Sustainable Fitch” xalqaro reyting agentligi tomonidan yuqori baholanib, ESG reytingini qo‘lga kiritishga omil bo‘ldi.

Bundan tashqari, bank tarmog‘iga tegishli binolar xalqaro EDGE auditiga muvofiq o‘rganilib, ularning ekologik samaradorligi baholanmoqda. Hozirga qadar 20 ta binoning “yashil” standartlarga mosligi tasdiqlanib, xalqaro EDGE sertifikati taqdim etildi.

Shuningdek, bank ishlab chiqarish jarayoni va mijozlari tomonidan ajratiladigan issiqxona gazlari chiqindilari hisob-kitobini olib boryapti. Ushbu hisobotlar tugallanganidan so‘ng, uglerod izini kamaytirish bo‘yicha maxsus siyosat ishlab chiqilishi va amalga oshirilishi rejalashtirilgan.

“Euromoney” xalqaro jurnali ekspertlari fikricha, O‘zsanoatqurilishbank xalqaro standartlarga mos ravishda rivojlanib, O‘zbekiston bank sektorida yetakchi o‘rinni egallamoqda.

Bank axborot xizmati





Boshqa yangiliklar

10/12/2026 03:33:45 pm
Qo‘ng‘irotda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot: murojaatlar va amaliy yechimlar

Qoraqalpog‘iston Respublikasining Qo‘ng‘irot tumanida tadbirkorlarning murojaatlarini o‘rganish, mavjud muammolarni hal ...

10/12/2026 12:08:27 pm
SQB yoshlari: raqamli xavfsizlik va barqaror kelajak

“O‘zsanoatqurilishbank” ATBda “Yoshlar kuni” doirasida xodimlarning zamonaviy bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirishga q ...

10/12/2026 11:53:21 am
“SQB” o‘z tarixida ilk bor O‘zbekiston Superkubogini qo‘lga kiritdi

Toshkent shahridagi “Humo Arena” majmuasida futzal bo‘yicha O‘zbekiston Superkubogi uchun murosasiz bahs bo‘lib o ...


Oxirgi yangilanish sanasi: 02.06.2026 09:53  
up
logo
DEMO
close
Давайте поговорим!
close
send
arrow-left
Недавние чаты
close
История
FAQ
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит