O‘zsanoatqurilishbank Fransiyaning yetakchi moliya institutlari bilan hamkorlikni kengaytirmoqda


14.03.2025 09:36

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning joriy yil 11-13-mart kunlari Fransiya Respublikasiga tashrifi doirasida O‘zsanoatqurilishbank tomonidan Fransiyaning banklari va moliya institutlari bilan qo‘shma hamkorlikni kengaytirish yuzasidan qator muzokaralar o‘tkazildi.

Xususan, O‘zsanoatqurilishbank va “Societe Generale” banki o‘rtasida loyihalarni moliyalashtirish uchun 150 mln. yevro miqdoridagi hamkorlik shartnomasi imzolandi.

Bundan tashqari, tomonlar o‘rtasida O‘zbekistonda barqaror va yashil iqtisodiyot tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, kadrlar salohiyatini oshirish hamda qarz qimmatli qog‘ozlar yo‘nalishida konsultatsion xizmatlar bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga kelishildi.

Bundan tashqari, O‘zsanoatqurilishbank tomonidan “ODDO BHF” fransuz-nemis moliyaviy guruhi bilan Bank mijozlarining savdo amaliyotlari va investitsion loyihalarini moliyalashtirish, g‘aznachilik operatsiyalarini amalga oshirish hamda xodimlar o‘rtasida tajriba almashishni o‘z ichiga olgan 2025-2027 yillarga mo‘ljallangan qiymati 70 mln. AQSH dollarilik hamkorlik shartnomasi imzolandi.

Ma’lumot uchun: “Societe Generale” Yevropadagi eng yirik banklar qatoriga kiradi. 126 mingdan ortiq xodimlarga ega bo‘lib, dunyoning 65 ta davlatida 25 millionga yaqin mijozlarga xizmat ko‘rsatadi.

“ODDO BHF” – fransuz-nemis moliyaviy xizmatlar guruhi bo‘lib, asosiy aksiyalari Oddo oilasiga tegishli. “ODDO BHF” uchta asosiy biznes yo‘nalishida faoliyat yuritadi: xususiy banking, aktivlarni boshqarish hamda korporativ va investitsion banking. Boshqaruvidagi aktivlari – 140 mlrd. yevro.

Bank axborot xizmati





Boshqa yangiliklar

10/16/2026 06:58:12 pm
SQB: strategik rivojlanish va korporativ boshqaruvdagi natijalar

Joriy yilning 5 oktyabridan eʼtiboran Odilbek Isakovning “O‘zsanoatqurilishbank” ATB (S ...

10/14/2026 06:22:05 pm
SQBda texnik yangilash ishlari o‘tkaziladi

Hurmatli mijozlar! Joriy yil 15-oktyabr kuni soat 03:00 dan 13:00 ga qadar O‘zsanoatqurilishbank (SQB)ning ...

10/14/2026 05:37:53 pm
Murojaatdan amaliy yechimga: SQBda aholi bilan muloqot qanday yo‘lga qo‘yilgan?

Toshkent viloyatida O‘zsanoatqurilishbank mas’ullari ishtirokida o‘tkazilgan sayyor qabulda fuqaro B.M. o‘z bizne ...


Oxirgi yangilanish sanasi: 02.06.2026 09:53  
up
logo
DEMO
close
Давайте поговорим!
close
send
arrow-left
Недавние чаты
close
История
FAQ
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит