SQB gʻaznachilik yoʻnalishini yangi bosqichga olib chiqmoqda


08.11.2022 11:35

SQB gʻaznachilik yoʻnalishini yangi bosqichga olib chiqmoqda

Joriy yil 3-4-noyabr kunlari Samarqand shahrida boʻlib oʻtgan II Oʻzbekiston xalqaro iqtisodiy forumi doirasida Oʻzsanoatqurilishbankning moliya bozorlaridagi ishtirokini kengaytirishga qaratilgan qator kelishuvlarga erishildi.

Xususan, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Markaziy bank hamda Oʻzsanoatqurilishbank oʻrtasida birlamchi dilerlik shartnomasi imzolandi.

Ushbu hujjat bilan Oʻzsanoatqurilishbankka oʻz mijozlari va hamkorlari uchun davlat qimmatli qogʻozlari bozorida qatnashish hamda qimmatli qogʻozlarning ikkilamchi bozorida amaliyotlar oʻtkazish boʻyicha dilerlik xizmati taqdim etildi.

Taʼkidlash joiz, bugungi kunda Oʻzsanoatqurilishbank davlat qimmatli qogʻozlari bilan amaliyotlar hajmini kengaytirib, bozorning faol ishtirokchisiga aylangan.

Muassasa sohada kuzatilayotgan ijobiy oʻzgarishlarga hamohang ravishda bozorning yangi yoʻnalishlarini oʻzlashtirib, milliy kapital bozori rivojlanishiga hissa qoʻshishga kirishgan.

Shuningdek, forum doirasida Oʻzsanoatqurilishbank va Londondagi “ICBC Standard Bank” oʻrtasida Xalqaro svop va derivativlar assotsiatsiyasi tomonidan ishlab chiqilgan bosh kelishuv ham imzolandi.

Ushbu kelishuv Bankka xalqaro moliya bozorlarida turli bazaviy aktivlar ishtirokida hosilaviy moliyaviy instrumentlar asosida bitimlarni amalga oshirish orqali moliyaviy xatarlarni boshqarish imkonini beradi.

Qayd etish lozimki, Oʻzsanoatqurilishbank “ICBC Standard Bank” bilan oʻzaro samarali hamkorlik aloqalarini yoʻlga qoʻygan boʻlib, xorijiy moliya muassasasidan keng miqyosli resurslarni jalb etib kelmoqda.

Tomonlarning yangi bosqichdagi sherikchilik munosabatlarida derivativ vositalar yordamida turli moliyaviy mahsulotlarni ishlab chiqish hamda Oʻzbekiston moliya bozorida valyuta xatarlarini xedjirlash istiqbollari kelishib olindi.

Ushbu hamkorlik Bankning xalqaro moliya bozorlari bilan yanada integratsiyalashuviga, respublika moliya bozoriga zamonaviy moliyaviy standartlar va instrumentlarni joriy qilishga keng yoʻl ochadi.

Bank Axborot xizmati






Boshqa yangiliklar

10/16/2026 06:58:12 pm
SQB: strategik rivojlanish va korporativ boshqaruvdagi natijalar

Joriy yilning 5 oktyabridan eʼtiboran Odilbek Isakovning “O‘zsanoatqurilishbank” ATB (S ...

10/14/2026 06:22:05 pm
SQBda texnik yangilash ishlari o‘tkaziladi

Hurmatli mijozlar! Joriy yil 15-oktyabr kuni soat 03:00 dan 13:00 ga qadar O‘zsanoatqurilishbank (SQB)ning ...

10/14/2026 05:37:53 pm
Murojaatdan amaliy yechimga: SQBda aholi bilan muloqot qanday yo‘lga qo‘yilgan?

Toshkent viloyatida O‘zsanoatqurilishbank mas’ullari ishtirokida o‘tkazilgan sayyor qabulda fuqaro B.M. o‘z bizne ...


Oxirgi yangilanish sanasi: 08.11.2022 11:37  
up
logo
DEMO
close
Давайте поговорим!
close
send
arrow-left
Недавние чаты
close
История
FAQ
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит