Oʻzsanoatqurilishbank hamda Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki oʻrtasidagi hamkorlik istiqbollari


28.03.2022 11:13

Oʻzsanoatqurilishbank hamda Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki oʻrtasidagi hamkorlik istiqbollari

Joriy yilning 24-mart kuni birinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumi doirasida Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (ETTB) hamda Oʻzsanoatqurilishbank oʻrtasida YETTBning 80 mln. AQSH dollari miqdoridagi revolver kredit liniyalarini jalb etish toʻgʻrisida kelishuv imzolandi.

Mazkur hujjat tomonlar hamkorligining mantiqiy davomi boʻlib, Oʻzsanoatqurilishbankni xalqaro standartlarga mos ravishda transformatsiya qilish jarayonida amalga oshirilayotgan sheriklik munosabatlaridagi oʻziga xos muhim bosqich sanaladi.

Kelishuv doirasida YETTB tomonidan Bank mijozlarining eksport-import operatsiyalarini moliyalashtirish uchun qisqa muddatli kreditlar ajratiladi. 

Qayd etish joiz, Oʻzsanoatqurilishbank hamda YETTB oʻrtasidagi hamkorlik 2019-yilning 21-martida TFP dasturi doirasida «Issuing Bank Agreement» kelishuvi imzolanishi bilan mustahkamlangan. Bugungi kunga qadar mazkur dastur doirasida umumiy qiymati 225  mln. AQSH dollariga teng 100 dan ortiq loyihalar moliyalashtirildi. Natijada YETTB 2020-yilda Oʻzsanoatqurilishbankning mazkur faoliyatini eʼtirof etib, TFP «Issuing Bank Agreement» mukofotini taqdim qildi.

Shuningdek, YETTB Oʻzsanoatqurilishbankka Markaziy Osiyoda birinchi “Yashil bank”ni taʼsis etish borasida ham koʻmaklashib kelmoqda. Xususan, 2021-yilda mazkur xalqaro moliya muassasasi tomonidan Bankka “GEFF – Green  Economy Financing Facility” dasturi doirasida 25 mln. AQSH dollari miqdoridagi kredit liniyasi ajratildi. Dastur doirasida olib borilgan ishlar yana YETTB diqqatini tortib, Bankning “Yashil moliyalashtirish” mezonlari boʻyicha yilning eng yaxshi kelishuvi” nominatsiyasida ketma-ket ikki marotaba sovrindor boʻlishini taʼminladi. 

Hozirgi kunda Oʻzsanoatqurilishbank YETTBning bank aksiyadorlik kapitaliga konvertatsiya qilish opsiyasiga ega boʻlgan kredit liniyasini jalb qilish ustida ish olib bormoqda.

Bank Axborot xizmati





Boshqa yangiliklar

10/14/2026 06:22:05 pm
SQBda texnik yangilash ishlari o‘tkaziladi

Hurmatli mijozlar! Joriy yil 15-oktyabr kuni soat 03:00 dan 13:00 ga qadar O‘zsanoatqurilishbank (SQB)ning ...

10/14/2026 05:37:53 pm
Murojaatdan amaliy yechimga: SQBda aholi bilan muloqot qanday yo‘lga qo‘yilgan?

Toshkent viloyatida O‘zsanoatqurilishbank mas’ullari ishtirokida o‘tkazilgan sayyor qabulda fuqaro B.M. o‘z bizne ...

10/14/2026 05:17:04 pm
Qadriyatlarga tayangan biznes – barqaror rivojlanish asosi yoxud yosh tadbirkorning muvaffaqiyat formulasi

Xiva shahrida, ochiq osmon ostidagi muzey nomini olgan tarixiy Ichan qal’a yaqinida faoliyat yuritayotgan “Sofra” ...


Oxirgi yangilanish sanasi: 28.03.2022 11:21  
up
logo
DEMO
close
Давайте поговорим!
close
send
arrow-left
Недавние чаты
close
История
FAQ
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит