O‘zsanoatqurilishbank investitsion faolligi O‘zbekiston tijorat banklari o‘rtasida eng yaxshi natijani qayd etdi


05.02.2020 08:51

O‘zsanoatqurilishbank investitsion faolligi O‘zbekiston tijorat banklari o‘rtasida eng yaxshi natijani qayd etdi

O‘zbekiston banklari Assotsiatsiyasi va “Ahbor-Reyting” reyting agentligi 2019-yil yakunlari bo‘yicha O‘zsanoatqurilishbankning investitsion faolligini O‘zbekiston tijorat banklari o‘rtasida eng yuqori o‘ringa loyiq deb topdi.

“Ahbor-Reyting” reyting agentligi xabariga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Adminstratsiyasi rahbari va Markaziy banki raisi tomonidan 2019-yil 23-yanvarda tasdiqlangan “Tijorat banklarining 2019-yilda investitsiya faoliyatini jadallashtirishga qaratilgan Yo‘l xaritasiga asosan ishlab chiqilgan Metodologiya mezonlariga muvofiq tijorat banklarining 2019-yildagi investitsion faollik darajasi o‘rganilganda O‘zsanoatqurilishbankning ushbu yo‘nalishdagi faoliyati reyting ro‘yxatining birinchi pog‘onasini egallagan.

O‘zbekiston banklari assotsiatsiyasi va “Ahbor-Reyting” reyting agentligi tomonidan o‘tkazilgan o‘rganish jarayonlarida bankdan olingan ma’lumotlar sifat va daromadlilik, hajmiy, samaradorlik va xatarlar bilan bog‘liq ko‘rsatkichlar doirasida tahlil qilinib, umumlashtirilganida jami 85,6 ball to‘plandi.

Eslatib o‘tamiz, 2019-yilning noyabr oyida “Ahbor-Reyting” reyting agentligi O‘zsanoatqurilishbankka xizmat ko‘rsatish sifatining eng yuqori – qA1 darajasini bergan edi.

“Ahbor-Reyting” reyting agentligi 1995-yilda hukumat qarori bilan tuzilgan bo‘lib, O‘zbekistondagi birinchi reyting agentligi hisoblanadi. Agentlik tijorat banklari va shu kabi moliyaviy kompaniyalarning bank xizmatlarini monitoring qilib boradi va shu asosida reyting tuzadi.

Bank Axborot xizmati





Boshqa yangiliklar

10/14/2026 06:22:05 pm
SQBda texnik yangilash ishlari o‘tkaziladi

Hurmatli mijozlar! Joriy yil 15-oktyabr kuni soat 03:00 dan 13:00 ga qadar O‘zsanoatqurilishbank (SQB)ning ...

10/14/2026 05:37:53 pm
Murojaatdan amaliy yechimga: SQBda aholi bilan muloqot qanday yo‘lga qo‘yilgan?

Toshkent viloyatida O‘zsanoatqurilishbank mas’ullari ishtirokida o‘tkazilgan sayyor qabulda fuqaro B.M. o‘z bizne ...

10/14/2026 05:17:04 pm
Qadriyatlarga tayangan biznes – barqaror rivojlanish asosi yoxud yosh tadbirkorning muvaffaqiyat formulasi

Xiva shahrida, ochiq osmon ostidagi muzey nomini olgan tarixiy Ichan qal’a yaqinida faoliyat yuritayotgan “Sofra” ...


Oxirgi yangilanish sanasi: 28.05.2020 10:21  
up
logo
DEMO
close
Давайте поговорим!
close
send
arrow-left
Недавние чаты
close
История
FAQ
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит