Oʻzsanoatqurilishbank J.P.Morgan tomonidan tashkil etilgan «Emerging Markets Credit Conference» anjumanida ishtirok etdi


24.09.2021 12:25

Oʻzsanoatqurilishbank J.P.Morgan tomonidan tashkil etilgan «Emerging Markets Credit Conference» anjumanida ishtirok etdi

Oʻzsanoatqurilishbank joriy yilning 21-23-sentyabr kunlari dunyoning yetakchi investitsion banklaridan biri - J.P.Morgan tomonidan tashkil etilgan „Emerging Markets Credit Conference“ anjumanida onlayn tarzda ishtirok etdi. Bunda Bankning xalqaro kapital bozorlarida investitsiyaviy jozibadorligini oshirish maqsadi koʻzda tutildi.

Mazkur tadbir doirasida bank va investorlar hamda investitsiyaviy va boshqaruv kompaniyalari oʻrtasida yakkama-yakka uchrashuvlar tashkil etildi. Oʻzaro muzokaralarda mamlakat moliya sektorida amalga oshirilayotgan oʻzgarishlar haqida investitsion hamjamiyatni keng xabardor qilish maqsadida moliyaviy natijalar va yangi mahsulotlar muhokama etildi.

Anjuman ishida xalqaro investitsion jamgʻarmalar, portfel investorlar hamda «Banco Finantia», «Julius Baer & Co, Ltd», «Prince Street Cap Mgt Inc», «T.Rowe Price International Ltd», «Baillie Gifford & Co», «Bank J. Safra Sarasin (Bahamas) Ltd», «Legal and General Investment Management», «Sovcombank», «Aegon Asset Management», «Blueorchard Finance Limited», «Fidelity Managementand Research» kabi boshqaruv kompaniyalari vakillari ishtirok etdi.

Tadbir davomida taqdimot materiallari taqdim etilib, ular doirasida istiqbolli masalalar, jumladan, salohiyatli investorlar bilan oʻzaro manfaatli sheriklik aloqalarini oʻrnatishning muhim jihatlari muhokama etildi. Bu esa, oʻz navbatida, xalqaro biznes hamjamiyatining Oʻzsanoatqurilishbankka nisbatan ishonchini oshirib, uning tashqi moliya bozoridagi mavqeiga ijobiy taʼsir koʻrsatadi. 

Oʻtkazilgan onlayn uchrashuvlar natijalariga koʻra, Oʻzsanoatqurilishbankning manfaatdor xalqaro investitsion kompaniyalar hamda biznes-akseleratorlar bilan ikki tomonlama hamkorligi yanada kengayishi kutilmoqda.

Bank Axborot xizmati





Boshqa yangiliklar

10/23/2026 06:00:48 pm
SQB o‘zbek tili uchun yirik ochiq matnlar bazasi — UzLPCloyihasini taqdim etdi

Sun’iy intellekt va raqamli texnologiyalar hayotimizga jadalkirib kelayotgan davrda, aqlli dasturlarning o‘zbek t ...

10/22/2026 10:44:22 am
Serjiu Choklya “O‘zsanoatqurilishbank” ATB Kuzatuv kengashi raisi etib saylandi

2026-yil 5-oktyabrda “O‘zsanoatqurilishbank” (SQB) aksiyadorlari tomonidan Kuzatuv kengashining mus ...


Oxirgi yangilanish sanasi: 24.09.2021 12:27  
up