
Singapur shahrida bo‘lib o‘tgan “Asian Banking & Finance” xalqaro jurnalining 2024 yilda Osiyo mamlakatlari bank-moliya sektoridagi tashkilotlarini mukofotlash marosimida O‘zsanoatqurilishbank kichik va o‘rta biznes hamda chakana biznes yo‘nalishida O‘zbekistondagi eng yaxshi bank deb e’tirof etildi.
Bank tizimida chakana biznes sohasida amalga oshirilgan katta transformatsiya jarayonlari natijasida 2023 yilda chakana biznes kredit portfeli 161,5 foizga o‘sgan bo‘lsa, faol mijozlar soni 1,01 milliondan oshdi.
Bundan tashqari, O‘zsanoatqurilishbank tomonidan O‘zbekistonda birinchilardan bo‘lib “Supply chain” mahsuloti faol tatbiq etilib, ushbu mahsulot orqali mijozlarga oldindan ma’qullangan limit doirasida ortiqcha xat-hujjatlarsiz, qisqa muddatda va ta’minotsiz ajratilishi belgilangan.
Mazkur amalga oshirilgan ishlar “Asian Banking & Finance” jurnali tomonidan yuksak e’tirof etilishi natijasida O‘zsanoatqurilishbank kichik va o‘rta biznes hamda chakana biznes yo‘nalishida O‘zbekistonda eng yaxshi bank sifatida taqdirlandi.
Bank Axborot xizmati
“O‘zsanoatqurilishbank”da xodimlarning kasbiy kompetensiyalarini oshirish, jamoatchilik bilan samarali muloqotni ...
Qoraqalpog‘iston Respublikasining Qo‘ng‘irot tumanida tadbirkorlarning murojaatlarini o‘rganish, mavjud muammolarni hal ...
“O‘zsanoatqurilishbank” ATBda “Yoshlar kuni” doirasida xodimlarning zamonaviy bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirishga q ...

