O‘zsanoatqurilishbank kichik va o‘rta biznes sub’yektlarining loyihalarini moliyalashtirishni yanada kengaytiradi


09.03.2020 10:34

O‘zsanoatqurilishbank kichik va o‘rta biznes sub’yektlarining loyihalarini moliyalashtirishni yanada kengaytiradi

O‘zsanoatqurilishbank “ICBC Standard Bank PLC” bilan 100 mln. AQSh dollari ekvivalentida kredit liniyasini jalb qilish uchun zayom bitimini imzoladi.

Bitim O‘zsanoatqurilishbank tomonidan kichik va o‘rta biznes sub’yektlarining loyihalarini milliy valyutada moliyalashtirish imkoniyatlarini yanada kengaytirish imkonini beradi.

Ta’kidlash kerakki, "ICBC Standard Bank PLC" ICBCning dunyodagi eng katta moliyaviy guruhi hisoblangan, Shanxay va Gongkong fond birjalarida listingi mavjud bo‘lgan Xitoy bank guruhiga kiradi. "ICBC" 48 mamlakat va hududda keng bo‘limlar tarmog‘iga ega bo‘lib, oltita qit’ada faoliyat yuritadi. "ICBC" yetti milliondan ziyod korporativ mijozlarga hamda turli sotuv kanallari orqali 600 milliondan ortiq xususiy imjozlarga moliyaviy mahsulot va xizmatlarning to‘liq majmuasini taqdim etadi.

“ICBC Standard Bank PLC” kredit liniyasi tadbirkorlik sub'yektlariga qisqa muddatlarda zamonaviy asbob-uskunalarni xarid qilgan holda, ishlab chiqarishga oid texnologik uskunalarini yangilab, xom ashyo bazasini to‘ldirishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.

– O‘zbekiston iqtisodiyoti tez sur’atlarda o‘sib bormoqda, – deydi “ICBC Standard Bank PLC”ning Rossiya va Markaziy Osiyodagi global bozorlar departamenti rahbari Vladimir Guber. – Mamlakat moliyaviy bozorini rivojlantirishda biz ham faol ishtirok etmoqdamiz. O‘zsanoatqurilishbank bilan hamkorligimiz xususida to‘xtalib, bundan mamnunligimizni va mazkur munosabatlar yangi moliyaviy mahsulotlar yaratish ustida davom etajagini qayd etmoqchiman.

Ta’kidlash joiz, O‘zsanoatqurilishbank tomonidan xalqaro moliya mexanizmlarini integratsiya qilish orqali milliy valyutada, shu jumladan, “ICBC Standard Bank PLC” tomonidan jalb qilingan kredit liniyalar uning mahalliy bozor, ayniqsa, katta imkoniyat va afzalliklari mavjud bo‘lgan kichik va o‘rta biznes biznes segmentidagi pozitsiyasini mustahkamlaydi.

  Bank Axborot xizmati





Boshqa yangiliklar

10/16/2026 06:58:12 pm
SQB: strategik rivojlanish va korporativ boshqaruvdagi natijalar

Joriy yilning 5 oktyabridan eʼtiboran Odilbek Isakovning “O‘zsanoatqurilishbank” ATB (S ...

10/14/2026 06:22:05 pm
SQBda texnik yangilash ishlari o‘tkaziladi

Hurmatli mijozlar! Joriy yil 15-oktyabr kuni soat 03:00 dan 13:00 ga qadar O‘zsanoatqurilishbank (SQB)ning ...

10/14/2026 05:37:53 pm
Murojaatdan amaliy yechimga: SQBda aholi bilan muloqot qanday yo‘lga qo‘yilgan?

Toshkent viloyatida O‘zsanoatqurilishbank mas’ullari ishtirokida o‘tkazilgan sayyor qabulda fuqaro B.M. o‘z bizne ...


Oxirgi yangilanish sanasi: 27.05.2020 22:38  
up
logo
DEMO
close
Давайте поговорим!
close
send
arrow-left
Недавние чаты
close
История
FAQ
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит