Oʻzsanoatqurilishbank Koreya Eksimbanki bilan hamkorlikni kengaytirmoqda


20.06.2024 11:25

Oʻzbekiston va Koreya hamkorligi azaldan yaqin doʻstlik rishtalariga, xalqlarimizning mentaliteti, anʼana va qadriyatlari oʻxshashligiga asoslangan ikki tomonlama aloqalar ustida bunyod etilgan.

Mamlakatlarimiz deyarli 20 yildan buyon strategik sherik boʻlib kelmoqda. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev hamda Koreya Respublikasi Prezidenti Yun Sok Yolning siyosiy irodasi oʻzbek-koreys hamkorligini kengayishiga kuchli turtki boʻldi.

Bu Oʻzbekiston va Koreya oʻrtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlik koʻrsatkichlarida ham yaqqol koʻzga tashlanmoqda. Xususan, 2023 yil yakunida tovar ayirboshlash hajmi ikki barobar oʻsib, 2,5 milliard dollarga yetdi. Oʻzbekiston iqtisodiyotidagi koreys investitsiyalari hajmi esa 7,5 milliard dollarni tashkil etdi. 

Joriy yilning 13-15 iyun kunlari Koreya Respublikasi Prezidenti Yun Sok Yolning Oʻzbekiston Respublikasiga davlat tashrifi ikki tomonlama hamkorlik munosabatlarning yangi davrini boshlab berdi. 

Davlat tashrifi doirasida Oʻzsanoatqurilishbank va Koreya Eksport-import banki oʻrtasida banklararo kreditlarni muvofiqlashtirish boʻyicha Bosh bitim imzolandi.

Mazkur umumiy qiymati 50 mln. dollar boʻlgan kredit liniyasi koreyalik hamkorlari bilan qoʻshma loyihalarni amalga oshirayotgan mahalliy tadbirkorlar uchun ajratiladi.
Mablagʻlar sanoat yoʻnalishidagi loyihalar, kichik va oʻrta biznes hamda yangi ish oʻrinlarini yaratilishiga qaratilgan loyihalarga yoʻnaltiriladi.

Taʼkidlash kerakki, Bugungi kunda Oʻzsanoatqurilishbank Koreya Eksport-import banki bilan muvaffaqiyatli hamkorlik qilib kelmoqda, banklar birgalikda respublikamiz iqtisodiyoti uchun eksport salohiyatini oshirilishiga qaratilgan umumiy qiymati 47,5 mln. dollarlik loyihalarni moliyalashtirib, 2 mingdan ortiq yangi ish oʻrinlarini yaratilishiga imkoniyat yaratildi.

Bank Axborot xizmati




Boshqa yangiliklar

10/09/2026 11:46:31 am
Korrupsiya va manfaatlar toʻqnashuvi holatlari haqida xabar bering!

Oʻzsanoatqurilishbank tizimida korrupsiya va manfaatlar toʻqnashuvining oldini olishga qaratilgan aloqa kanallari barqar ...

10/07/2026 06:23:56 pm
“O‘zsanoatqurilishbank” ATB rasmiy munosabati

Ijtimoiy tarmoqlarda O‘zsanoatqurilishbank (SQB)ning Andijondagi xizmatlar ofisida mijozlarga xizmat ko‘rsatish j ...

09/30/2026 05:53:07 pm
Sun’iy intellekt va bank texnologiyalari imkoniyatlari bo‘yicha fikr almashildi

“SQB School”da sun’iy intellekt, ma’lum ...


Oxirgi yangilanish sanasi: 20.06.2024 11:35  
up
logo
DEMO
close
Давайте поговорим!
close
send
arrow-left
Недавние чаты
close
История
FAQ
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит