Joriy yilning 26-oktyabr kuni poytaxtimizdagi "InterContinental Tashkent" biznes markazida "UZCARD FORUM 2023" boʻlib oʻtdi.
Unda Oʻzsanoatqurilishbankning korporativ, kichik va oʻrta biznes subyektlariga Uzcard toʻlov tizimi asosida bank xizmatlarini koʻrsatishda oʻziga xos yondashuvi eʼtirof etilib, “Korporativ biznesni rivojlantirishda yetakchi” nominatsiyasiga loyiq koʻrildi.
Bunda bank tomonidan tadbirkorlik va sohani rivojlantirish uchun amalga oshirilayotgan barcha tashabbuslarga yuqori baho berildi.
Forumda mahalliy va xorijiy mutaxassslar tomonidan Uzcard toʻlov tizimini texnologik rivojlantirish, raqamlashtirish jarayonining toʻlov tizimiga taʼsiri, axborot xavfsizligi arxitekturasi va strategiyasi, ish haqi toʻlovlari boʻyicha yangi yondashuvlar kabi mavzularda tajriba almashildi.
Joriy yilning 5 oktyabridan eʼtiboran Odilbek Isakovning “O‘zsanoatqurilishbank” ATB (S ...
Hurmatli mijozlar! Joriy yil 15-oktyabr kuni soat 03:00 dan 13:00 ga qadar O‘zsanoatqurilishbank (SQB)ning ...
Toshkent viloyatida O‘zsanoatqurilishbank mas’ullari ishtirokida o‘tkazilgan sayyor qabulda fuqaro B.M. o‘z bizne ...

