Oʻzsanoatqurilishbank PCI DSS standartiga muvofiqlik sertifikatini qoʻlga kiritdi


22.07.2020 21:01

Oʻzsanoatqurilishbank PCI DSS standartiga muvofiqlik sertifikatini qoʻlga kiritdi

“Oʻzsanoatqurilishbank” ATB auditdan muvaffaqiyatli oʻtdi va PCI DSS toʻlov kartalari industriyasi maʼlumotlarining 3.2.1 versiyasi boʻyicha xavfsizligi standartlariga muvofiqligi sertifikatini qoʻlga kiritdi.

Toʻlov kartalari va mijozlar maʼlumotlari axborot xavfsizligi kompleks tekshiruvi Qualified Security Assessor (QSA) mavqeiga va toʻlov yechimlari axborot xavfsizligini taʼminlash sohasida koʻp yillik tajribaga ega boʻlgan Compliance Control (Rossiya) xalqaro kompaniyasi tomonidan oʻtkazilgan.

Mustaqil tashqi audit natijasida PCI DSS sertifikati topshirilishi bankning mijozlar bilan oʻzaro aloqasiga oid asosiy servislardan biri - OTR Smart internet-banking tizimida joriy etilgan axborotni himoya qilish choralarining zarur darajasining hamda VISA, Mastersard xalqaro toʻlov tizimlari talablariga muvofiqligining, shuningdek, toʻlov kartalari egalari maʼlumotlariga ishlov berish jarayonlariga boshqa choralarning isbotidir.

Bank mijozlari uchun bu bank tomonidan kartaga doir maʼlumotlar axborot xavfsizligi talab darajasini taʼminlash uchun amalga oshirilayotgan saʼy-harakatlar jiddiyligini qoʻshimcha ravishda tasdiqlaydi.

Maʼlumot uchun. PCI DSS – maxsus kompleks standart boʻlib, u bankning axborot va jismoniy xavfsizligiga talablar bilan 12 ta boʻlimdan iborat hamda butun dunyodagi banklar uchun bir xil hisoblanadi. U Visa International, MasterCard Worldwide, American Express, JCB, Discover and Diners Club xalqaro toʻlov tizimlari bilan toʻlov kartalari haqidagi axborot chiqib ketishi xavfini pasaytirish va barcha bozor ishtirokchilarining ehtimoliy yoʻqotishlarini kamaytirish maqsadida kelishilgan va joriy etilgan.

Bank Axborot xizmati





Boshqa yangiliklar

10/16/2026 06:58:12 pm
SQB: strategik rivojlanish va korporativ boshqaruvdagi natijalar

Joriy yilning 5 oktyabridan eʼtiboran Odilbek Isakovning “O‘zsanoatqurilishbank” ATB (S ...

10/14/2026 06:22:05 pm
SQBda texnik yangilash ishlari o‘tkaziladi

Hurmatli mijozlar! Joriy yil 15-oktyabr kuni soat 03:00 dan 13:00 ga qadar O‘zsanoatqurilishbank (SQB)ning ...

10/14/2026 05:37:53 pm
Murojaatdan amaliy yechimga: SQBda aholi bilan muloqot qanday yo‘lga qo‘yilgan?

Toshkent viloyatida O‘zsanoatqurilishbank mas’ullari ishtirokida o‘tkazilgan sayyor qabulda fuqaro B.M. o‘z bizne ...


Oxirgi yangilanish sanasi: 29.07.2020 10:28  
up
logo
DEMO
close
Давайте поговорим!
close
send
arrow-left
Недавние чаты
close
История
FAQ
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит