O‘zsanoatqurilishbank: quyosh panellaridan foydalanish yashil rivojlanishning muhim omili!


30.08.2023 12:17

O‘zsanoatqurilishbank: quyosh panellaridan foydalanish yashil rivojlanishning muhim omili!

O‘zsanoatqurilishbank tomonidan qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanishni keng joriy qilishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Shu maqsadda Bank ma’muriy binolariga quyosh panellari o‘rnatish bilan bir qatorda xodimlar va mijozlar o‘rtasida tushuntirish ishlari ham olib borilmoqda.
 
Yaqinda “Solar Nature” kompaniyasi mas’ullari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan seminar ana shu yo‘nalishda amalga oshirilayotgan ishlarning mantiqiy davomi bo‘ldi.
 
Seminarda bank top-menejmenti va xodimlariga quyosh panellarining afzalliklari, foydalanish tartiblari to‘g‘risida mutaxassislar atroflicha ma’lumot berdi va ayni paytda shu kabi tadbirlarni mijozlar ishtirokida o‘tkazish rejalashtirilayotgani ma’lum qilindi.

O‘zsanoatqurilishbank: quyosh panellaridan foydalanish yashil rivojlanishning muhim omili - YouTube

Bank Axborot xizmati






Boshqa yangiliklar

10/23/2026 06:00:48 pm
SQB o‘zbek tili uchun yirik ochiq matnlar bazasi — UzLPCloyihasini taqdim etdi

Sun’iy intellekt va raqamli texnologiyalar hayotimizga jadalkirib kelayotgan davrda, aqlli dasturlarning o‘zbek t ...

10/22/2026 10:44:22 am
Serjiu Choklya “O‘zsanoatqurilishbank” ATB Kuzatuv kengashi raisi etib saylandi

2026-yil 5-oktyabrda “O‘zsanoatqurilishbank” (SQB) aksiyadorlari tomonidan Kuzatuv kengashining mus ...


Oxirgi yangilanish sanasi: 30.08.2023 13:08  
up