Tadbirkorlar bilan uchrashuvlar ochiq va amaliy ruhda o‘tmoqda


10.01.2025 14:43

Tadbirkorlar bilan uchrashuvlar ochiq va amaliy ruhda o‘tmoqda

O‘zsanoatqurilishbank rahbariyatining tadbirkorlar bilan uchrashuvi Sirdaryo viloyatida ham sermahsul kechdi.

Prezidentimiz raisligida 2024-yil 16-dekabrda mahallalarda aholi bandligini ta’minlash va daromadli qilishga bag‘ishlab o‘tkazilgan yig‘ilishda banklar zimmasiga manzilli vazifalar yuklatildi.

Uchrashuvda tadbirkorlarga ana shu topshiriqlar mazmuni haqida tushuncha berildi.

Hududda bankka biriktirilgan 13 ta mahallaning biznes imkoniyatlarini o‘rganib, yangidan-yangi tadbirkorlik faoliyatlarini ishga tushirishga har tomonlama ko‘maklashish sa’y-harakatlari davom ettirilayotgani ta’kidlandi.

Maqsad – davlatimiz rahbari ko‘rsatmasiga muvofiq, odamlarning g‘oyalari va qobiliyatini loyihalarga aylantirish, dedi bank mutasaddilari.

Qayd etish lozimki, joriy yilda O‘zsanoatqurilishbank tomonidan Sirdaryo viloyatida aholini daromadli mehnat bilan ta’minlachga qaratilgan turli dasturlar doirasida 8800dan ortiq ish o‘rinlari yaratiladi.

Uchrashuvda 30ga yaqin tadbirkorlar qatnashib, ularning aksariyati o‘z faoliyatida duch kelayotgan muammo va to‘siqlarni bartaraf etishga erishdi.

Bank Axborot xizmati





Boshqa yangiliklar

10/12/2026 03:33:45 pm
Qo‘ng‘irotda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot: murojaatlar va amaliy yechimlar

Qoraqalpog‘iston Respublikasining Qo‘ng‘irot tumanida tadbirkorlarning murojaatlarini o‘rganish, mavjud muammolarni hal ...

10/12/2026 12:08:27 pm
SQB yoshlari: raqamli xavfsizlik va barqaror kelajak

“O‘zsanoatqurilishbank” ATBda “Yoshlar kuni” doirasida xodimlarning zamonaviy bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirishga q ...

10/12/2026 11:53:21 am
“SQB” o‘z tarixida ilk bor O‘zbekiston Superkubogini qo‘lga kiritdi

Toshkent shahridagi “Humo Arena” majmuasida futzal bo‘yicha O‘zbekiston Superkubogi uchun murosasiz bahs bo‘lib o ...


Oxirgi yangilanish sanasi: 13.01.2025 16:31  
up
logo
DEMO
close
Давайте поговорим!
close
send
arrow-left
Недавние чаты
close
История
FAQ
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит