Oʻzsanoatqurilishbank rahbarlari ishga velosipedda kelishda namuna boʻlmoqda


23.09.2021 15:54

photo_2021-09-24_12-03-17.jpg  photo_2021-09-24_12-03-15.jpg

22-sentyabr Xalqaro avtomobilsiz kun. Shu munosabat bilan respublikamiz boʻyicha eʼlon qilingan “Avtomobilsiz kun” aksiyasiga Oʻzsanotaqurilishbank tizimida puxta tayyorgarlik koʻrildi.

Soʻnggi yillarda kattayu kichik koʻchalarni toʻldirib harakatlanayotgan mashinalar oqimiga dunyo miqyosida global muammolardan biri sifatida qaralmoqda. Chunki avtotransport vositalari nafaqat sayyoramiz biosferasiga, balki kuniga 3 mingdan ziyod kishi bilan avtohalokat sodir qilib, insoniyatga ham katta zarar keltirmoqda. 

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 19-noyabrdagi “Aholining sogʻlom turmush tarzini qoʻllab-quvvatlash va jismoniy faolligini oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq, 22-sentyabr Xalqaro avtomobilsiz kun munosabati bilan joriy yildan boshlab ushbu sana respublika boʻyicha “Avtomobilsiz kun” sifatida oʻtkazilishi hamda shu kuni shaxsiy avtomobilda harakatlanishdan ixtiyoriy ravishda voz kechish (maxsus texnikalar, taksi va yetkazib berish hamda tibbiy tez yordam uchun xizmat koʻrsatadigan texnikalar, jamoat transportlari bundan mustasno) tavsiya etildi. 

Oʻzsanoatqurilishbank tomonidan “Green banking” tizimi doirasida ekologiya sofligini taʼminlash, yoʻllardagi xavfsizlikni oshirishga munosib hissa qoʻshish hamda xodimlarning salomatligini mustahkamlash maqsadida qator ishlar amalga oshirilmoqda. 

Xususan, tijorat banklari orasida birinchilardan boʻlib veloturargoh barpo etildi. Xodimlar oʻrtasida “Barchasi ona tabiat va uning muhofazasi uchun!” shiori ostida turli tanlovlar oʻtkazilib, gʻoliblarga aynan velosipedlar sovgʻa qilindi.  

Eʼtiborlisi, haftada bir kun ishga velosipedda kelishni odatlantirishda bank rahbarlari namuna koʻrsatmoqda. 

Bularning bari esa jamoa oʻrtasida avtomobilsiz yurishni ragʻbatlantirishga hissa qoʻshmoqda. 

Taʼkidlash joiz, Bank tizimida “Green banking” loyihasi nafaqat yashil loyihalarni moliyalashtirish, balki aholining turmush tarzini yaxshilash, atrof-muhitni koʻkalashzorlashtirish, mahallalar va kucha-kuylarni obodonlashtirish kabi keng qamrovli chora-tadbirlar doirasida amalga oshirilmoqda.

Bank Axborot xizmati





Boshqa yangiliklar

10/16/2026 06:58:12 pm
SQB: strategik rivojlanish va korporativ boshqaruvdagi natijalar

Joriy yilning 5 oktyabridan eʼtiboran Odilbek Isakovning “O‘zsanoatqurilishbank” ATB (S ...

10/14/2026 06:22:05 pm
SQBda texnik yangilash ishlari o‘tkaziladi

Hurmatli mijozlar! Joriy yil 15-oktyabr kuni soat 03:00 dan 13:00 ga qadar O‘zsanoatqurilishbank (SQB)ning ...

10/14/2026 05:37:53 pm
Murojaatdan amaliy yechimga: SQBda aholi bilan muloqot qanday yo‘lga qo‘yilgan?

Toshkent viloyatida O‘zsanoatqurilishbank mas’ullari ishtirokida o‘tkazilgan sayyor qabulda fuqaro B.M. o‘z bizne ...


Oxirgi yangilanish sanasi: 24.09.2021 12:07  
up
logo
DEMO
close
Давайте поговорим!
close
send
arrow-left
Недавние чаты
close
История
FAQ
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит