«O‘zsanoatqurilishbank» Rossiyaning yetakchi moliya institutlari bilan hamkorlikni kengaytirmoqda


22.10.2018 15:46

«O‘zsanoatqurilishbank» Rossiyaning yetakchi moliya institutlari bilan hamkorlikni kengaytirmoqda

O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi mintaqalararo hamkorlik forumi doirasida «O‘zsanoatqurilishbank», AJ «Rossiyskiy Eksportniy Sentr» (RETS), «Toshkent metallurgiya zavodi» MChJ va «Asakabank» O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyoti uchun strategik ahamiyatga ega bo‘lgan “Toshkent metallurgiya zavodini qurish” loyihasini moliyalashtirish doirasida strategik hamkorlik to‘g‘risida bitim imzoladilar.

Mazkur Bitimning maqsadi tomonlar o‘rtasida uzoq muddatli va o‘zaro manfaatli hamkorlikni hamda loyihani samarali amalga oshirish uchun o‘zaro aloqalarning ustuvor yo‘nalishlarini rivojlantirishga ko‘maklashishdan iborat.

Bitim RETS tomonidan umumiy qiymati 141,56 million yevroga teng bo‘lgan loyihani moliyalashtiruvchi Rossiyaning tijorat banklariga “ESKAR” AJning sug‘urta qoplovchi mablag‘larini taqdim etishda ko‘makshashishni hamda eksport kreditlari bo‘yicha foiz stavkalarini subsidiyalash to‘g‘risidagi masalani ko‘rib chiqishni nazarda tutadi.

Eslatish joiz, joriy yil avgustida «O‘zsanoatqurilishbank», «Asakabank» va Rossiya Davlat ixtisoslashgan eksport-import Banki (Roseksimbank) tomonidan mamlakat banklari Toshkent metallurgiya zavodini qurish loyihasini sinditsirlik kreditlashi uchun umumiy qiymati 141,56 million yevroga teng Zayom bitimlari imzolangan edi.

Ilgari «O‘zsanoatqurilishbank» va «Sberbank» PAJ o‘rtasida o‘zaro anglashuv haqidagi Memorandum imzolangan edi, unda xalqaro qarz bozorlarida kooperatsiya, boshqa investitsiyaviy bank amaliyotlari, savdo va eksport moliyalashtirish, xalqaro hisob-kitoblar, tajriba almashish, kadrlarni tayyorlash va malakasini oshirish sohalaridagi hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari belgilangan. 





Boshqa yangiliklar

10/09/2026 11:46:31 am
Korrupsiya va manfaatlar toʻqnashuvi holatlari haqida xabar bering!

Oʻzsanoatqurilishbank tizimida korrupsiya va manfaatlar toʻqnashuvining oldini olishga qaratilgan aloqa kanallari barqar ...

10/07/2026 06:23:56 pm
“O‘zsanoatqurilishbank” ATB rasmiy munosabati

Ijtimoiy tarmoqlarda O‘zsanoatqurilishbank (SQB)ning Andijondagi xizmatlar ofisida mijozlarga xizmat ko‘rsatish j ...

09/30/2026 05:53:07 pm
Sun’iy intellekt va bank texnologiyalari imkoniyatlari bo‘yicha fikr almashildi

“SQB School”da sun’iy intellekt, ma’lum ...


Oxirgi yangilanish sanasi: 17.10.2019 13:35  
up
logo
DEMO
close
Давайте поговорим!
close
send
arrow-left
Недавние чаты
close
История
FAQ
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит