Oʻzsanoatqurilishbank Sberbank tomonidan tashkil etilgan anjumanda ishtirok etdi


23.11.2021 20:39

Oʻzsanoatqurilishbank Sberbank tomonidan tashkil etilgan anjumanda ishtirok etdi

Joriy yilning 16-noyabr kuni «Sberbank CIB» koʻmagida «SberCIB» mijozlari – institutsional investorlar guruhi bilan videokonferens-aloqa tarzida navbatdagi uchrashuv boʻlib oʻtdi. Unda Yevropa Ittifoqi mamlakatlari, AQSH, Buyuk Britaniya, Rossiya va Osiyo davlatlarining suveren obligatsiyalar va qarz qogʻozlari masalalari boʻyicha ixtisoslashgan yetakchi kompaniyalari rahbarlari, mustaqil ekspertlar, portfel menejerlari va yirik investitsion fondlar tahlilchilari ishtirok etdi.

Xorijiy hamkorlar uchun tashkil etilgan tadbirda Oʻzsanoatqurilishbankning joriy faoliyati va kelgusi davrdagi strategiyasiga bagʻishlangan taqdimot namoyish etildi.


Taqdimot davomida ishtirokchilar Xalqaro moliya korporatsiyasi hamda Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki bilan hamkorlikda Bankni transformatsiya qilish borasidagi ishlar hamda korporativ boshqaruvi tizimining samaradorligi va jozibadorligi oshirish boʻyicha xalqaro ekspertlar koʻmagida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar haqida xabardor qilindi. Pandemiya davrida barqarorlikni saqlash borasida bankning moliyaviy koʻrsatkichlari va amaliyoti oʻrganildi.


Tadbirda «Aberdeen Asset Management», «ADIA», «AIG Asset Management», «Baring Asset Management», «Bluebay Asset Management», «Eaton Vance Management», «Fidelity Management & Research», «GoldenTree Asset Management», «HBK Europe Management», «Invesco Perpetual», «Janus Henderson Investors», «Jupiter Asset Management», «Lazard Asset Management», «Neuberger Berman», «NN Investment Partners», «PGIM», «PIMCO», «Standish Mellon Asset Management», «TCW», «Wellington Management» kabi nufuzli investitsion kompaniyalar va qator boshqa moliyaviy fondlar ishtirok etgani buning yaqqol dalilidir. 


Uchrashuv yakunida investorlar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javob oldi.

Bank Axborot xizmati





Boshqa yangiliklar

10/09/2026 11:46:31 am
Korrupsiya va manfaatlar toʻqnashuvi holatlari haqida xabar bering!

Oʻzsanoatqurilishbank tizimida korrupsiya va manfaatlar toʻqnashuvining oldini olishga qaratilgan aloqa kanallari barqar ...

10/07/2026 06:23:56 pm
“O‘zsanoatqurilishbank” ATB rasmiy munosabati

Ijtimoiy tarmoqlarda O‘zsanoatqurilishbank (SQB)ning Andijondagi xizmatlar ofisida mijozlarga xizmat ko‘rsatish j ...

09/30/2026 05:53:07 pm
Sun’iy intellekt va bank texnologiyalari imkoniyatlari bo‘yicha fikr almashildi

“SQB School”da sun’iy intellekt, ma’lum ...


Oxirgi yangilanish sanasi: 26.11.2021 20:41  
up
logo
DEMO
close
Давайте поговорим!
close
send
arrow-left
Недавние чаты
close
История
FAQ
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит