Oʻzsanoatqurilishbank tashkil topganiga 100-yil toʻlishi munosabati bilan Bank Boshqaruvi raisining bayram tabrigi


28.10.2022 13:40

Oʻzsanoatqurilishbank tashkil topganiga 100-yil toʻlishi munosabati bilan Bank Boshqaruvi raisining bayram tabrigi

Bugun, 2022-yil 28-oktyabr Oʻzsanoatqurilishbank uchun qutlugʻ sana – oʻz faoliyatining 100-yilligini nishonlamoqda.

Bank, shak-shubhasiz, milliy moliya tizimini shakllantirishda katta hissa qoʻshdi. Mamlakat uchun strategik loyihalarni amalga oshirishda faol qatnashdi. Shahar markazidan tortib, chekka qishloq-ovullargacha infratuzilma yaratib, xalqqa yanada yaqinlashdi. Jahon global moliyaviy jarayonlarning ishtirokchisi sifatida obroʻ qozondi.

Bank yangi asr talablariga tez moslashib, raqamli transformatsiya jarayonlarini shiddatli va muvaffaqiyatli amalga oshirmoqda.

Bu borada dastlabki natijalar barchangizga maʼlum: boshqaruv takomillashdi, xizmat koʻrsatish xalqaro standartlarga chiqdi, biznes samaradorlik ortdi.

Yuz bilan yuzlashgan Oʻzsanoatqurilishbank bugun millionlab oʻzbekistonliklar uchun ishonchlilik va barqarorlik ramziga aylandi, taniqli tijorat brendini yaratdi va bozorning soʻzsiz yetakchisi maqomini oldi.

Azizlar!

Odatda, muhim sanalar erishilgan natijalarni baholash, vaziyatni tahlil qilish va kelajak rejalarini tuzish fursati sanaladi.

Men shu oʻrinda Bankimizning bir asrlik taqdiri koʻpdan-koʻp muvaffaqiyatlar bilan birga sezilarli darajada qiyinchiliklarni koʻrib, ammo hech qachon magʻlubiyatga yuz tutmaganini alohida taʼkidlamoqchiman.

Shu jihatga alohida urgʻu berib, bizga ishongan, sodiq qolgan va tirgak boʻlayotgan hamkorlarimiz, mijozlarimiz va, albatta, fidokor jamoadoshlarimizga minnatdorlik bildiraman.

Hammamizga yubiley muborak!

Hammamizga hamisha zafar quchish nasib qilsin!

 

BIZ BIRGALIKDA YUKSALAMIZ!

 

Ehtirom ila,

Bank Boshqaruvi Raisi Saxi Annaklichev.





Boshqa yangiliklar

09/08/2026 12:24:37 pm
Shaffof bank — ishonchli hamkor: tadbirkorlar bilan ochiq muloqot

“O‘zsanoatqurilishbank” ATB Korrupsiyaga qarshi kurashish xizmati tomonidan Samarqand viloyatida tadbirkorlar bil ...

09/04/2026 07:07:02 pm
SQB AI Tech Summit 2026 xalqaro konferensiyasida AI-transformatsiya tajribasini taqdim etdi

“O‘zsanoatqurilishbank” (SQB) Belgradda o‘tkazilayotgan AI Tech Summit 2026 ...

09/03/2026 03:24:31 pm
Ta’lim uchun moliyaviy ko‘mak: SQB imkoniyatlari

“O‘zsanoatqurilishbank” ATB Korporativ markazi xodimlari tomonidan “Perfect-University” MChJ oliy ta’lim muassasa ...


Oxirgi yangilanish sanasi: 28.10.2022 13:42  
up
logo
DEMO
close
Давайте поговорим!
close
send
arrow-left
Недавние чаты
close
История
FAQ
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит