O'zsanoatqurilishbank tomonidan kapital bozori bo'yicha navbatdagi tahlil taqdim etildi


16.01.2025 12:05

O'zsanoatqurilishbank tomonidan kapital bozori bo'yicha navbatdagi tahlil taqdim etildi

“SQB” Investitsion banking departamenti mahalliy va xalqaro bozorlarni o'z ichiga olgan, keng ko'lamli Kapital bozori bo‘yicha navbatdagi tahlilni taqdim etadi. Ushbu sharh 2025-yil Yanvar oyi uchun tayyorlanib, quyidagi asosiy yo'nalishlarni o'z ichiga oladi:
  • Makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar: O'zbekiston, MDH davlatlari va dunyoning boshqa yirik mintaqalaridagi iqtisodiy o'sish, YAIM dinamikasi va asosiy iqtisodiy tendensiyalar tahlil qilindi.
  • Valyuta bozori: USD/UZS valyuta kursi dinamikasi, asosiy xalqaro valyutalarning o'zgarishi va ular bozor barqarorligiga ta'siri yoritildi.
  • Davlat va xalqaro qimmatli qog'ozlar bozori: Davlat qimmatli qog'ozlari hajmi, daromadlilik egri chizig'i hamda xalqaro qarz qimmatli qog'ozlarining asosiy ko‘rsatkichlari tahlil qilindi.
  • Pul bozori: O'zbekistonning banklararo va REPO bozorlaridagi likvidlik sharoitlari va asosiy stavkalardagi o'zgarishlar ko'rib chiqildi.
  • Fond bozori sharhi: Mahalliy va xalqaro aksiyalar, ommaviy takliflar (IPO va SPO) va fond indekslari bo'yicha ko'rsatkichlar yoritildi.

Ushbu hisobot “SQB”ning investitsion bozorlarni chuqur tahlil qilish va mijozlar uchun dolzarb ma'lumotlarni taqdim etishga bo'lgan maqsadlarini o'zida aks ettiradi.
  

Hisobot EN

Hisobot UZ





Boshqa yangiliklar

11/18/2026 02:57:55 pm
Kuz-qiş mavsumida yonğin xavfsizligi: muhim tavsiyalar

Kuz-qiş mavsumida elektr va isitiş moslamalaridan foydalanış ortişi yonğin xavfini kuçaytiradi. Elektr jihozlarin ...

11/18/2026 12:16:01 pm
Ikki karra A*: SQB tadqiqotlari sun’iy intellekt bõyiça yetakçi xalqaro konferensiyalarda taqdim etildi

Õzsanoatqurilişbank xalqaro tadqiqotçilar jamoasi tarkibida nufuzli “IEEE ICDM 2026” xalqaro konferens ...

11/17/2026 06:17:20 pm
SQBda III çorak yakunlari sarhisob qilindi: ilğor xodimlar va eng yaxşi bank tarmoği taqdirlandi

Özsanoatqurilişbankda 2026-yilning III çoragi yakunlariga bağişlangan yiğiliş bölib ötdi. Tadbirda hisobot davrid ...


Sönggi yangilaniş sanasi: 17.01.2025 09:37  
up