Joriy yilning 30-mart kuni Oʻzsanoatqurilishbank Bosh ofisida “Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonuni loyihasi mazmun-mohiyatiga bagʻishlangan tadbir boʻlib oʻtdi. Unda Bank markaziy apparati xodimlari bevosita qatnashgan boʻlsa, hududiy tarmoqlar xodimlari videokonferensaloqa orqali ishtirok etdi.
Maʼlumki, 30-aprel mamlakatimiz hayotida muhim kun – “Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonuni loyihasi boʻyicha umumxalq referendumi oʻtkaziladi.
Bank tomonidan tashkil etilgan tadbirda Qonunchilik palatasining Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qoʻmitasi raisi Jahongir Shirinov yangilanayotgan konstitutsiyaga kiritilayotgan yangi normalarning ahamiyatiga bagʻishlangan taqdimot oʻtkazdi.
Taʼkidlanganidek, yangilanayotgan konstitutsiyaga 27 ta yangi modda kiritish, moddalar sonini 128 tadan 155 taga oshirish rejalashtirilgan. Hujjatda inson huquq va erkinligi ustuvorligi hamda aholini ijtimoiy-huquqiy qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan meyorlar yanada mustahkamlanmoqda.
Shuningdek, tadbirda referendum oʻtkazish tartibi, unda ishtirok etish boʻyicha batafsil tushuntirishlar berildi.
Bank Axborot xizmati
Ijtimoiy tarmoqlarda O‘zsanoatqurilishbank (SQB)ning Andijondagi xizmatlar ofisida mijozlarga xizmat ko‘rsatish j ...
“SQB School”da sun’iy intellekt, ma’lum ...
Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti hududida talaba yoshlar va ishsiz fuqarolar bandligini ta’minlas ...

