O‘zsanoatqurilishbank tomonidan “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi o‘tkazildi


21.12.2023 16:43

O‘zsanoatqurilishbank tomonidan “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi o‘tkazildi

Joriy yilning 21-dekabr kuni poytaxtimizda O‘zsanoatqurilishbank tomonidan “Rahbar va yoshlar” ochiq muloqoti tashkil etildi.

Unda “O‘zsanoatqurilishbank” ATB Boshqaruvi raisi Aziz Akbarjonov yosh xodimlar bilan o‘z shaxsiy tajribalari, rahbarlik mas’uliyati, bank tizimda kadrlarga qo‘yiladigan talablar haqida suhbatlashdi.

Ularni qo‘llab-quvvatlash, kasbiy rivojlantirish hamda tashabbuslarini ilgari surish maqsadida ishga tushirilgan loyihalarni kengaytirish bo‘yicha fikr almashildi. “Team building”, “Book challenge”, “Kaizen team”, “Ayollar klubi”, “SQB spartakiada” kabi loyihalar shular sirasiga kiradi.

Mahalliy va xorijiy oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan (622 nafar), chet el grantlarini yutgan (3 nafar), yuqori lavozimlarga tayinlangan hamda moliya bozori ishtirokchilari orasida mahoratli sportchi nomini qozongan zukko, izlanuvchan va faol yoshlar bank faxri ekanligi ta’kidlandi.

Bankni rivojlantirishga qaratilgan mushtarak maqsadlar yo‘lida yanada tashabbuskor va fidoyi bo‘lishga chorlab, bu borada taklif va mulohazalarni qabul qilishga doim tayyor ekanligini bildirdi.
Samimiy ruhda o‘tgan muloqotda yoshlar bilan ishlash borasida kelgusi rejalar xususida ham so‘z borib, ular yosh xodimlar fikr va takliflari asosida yanada boyitilishi ta’kidlandi.

Bank Axborot xizmati





Boshqa yangiliklar

10/23/2026 06:00:48 pm
SQB o‘zbek tili uchun yirik ochiq matnlar bazasi — UzLPCloyihasini taqdim etdi

Sun’iy intellekt va raqamli texnologiyalar hayotimizga jadalkirib kelayotgan davrda, aqlli dasturlarning o‘zbek t ...

10/22/2026 10:44:22 am
Serjiu Choklya “O‘zsanoatqurilishbank” ATB Kuzatuv kengashi raisi etib saylandi

2026-yil 5-oktyabrda “O‘zsanoatqurilishbank” (SQB) aksiyadorlari tomonidan Kuzatuv kengashining mus ...


Oxirgi yangilanish sanasi: 21.12.2023 16:45  
up