Oʻzsanoatqurilishbank tomonidan tadbirkorlarga “sanoat ipotekasi” tizimida kreditlar ajratilmoqda


15.08.2023 18:20

Oʻzsanoatqurilishbankning moliyaviy koʻmagida barpo etilgan “Sariosiyo” qurilish materiallari industrial zonasida tadbirkorlarga “sanoat ipotekasi” dasturi asosida kreditlar taqdim etilmoqda. 

Prezidentimizning 2021-yil 9-iyundagi “Hududlarning sanoat salohiyatini oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi farmonida hududlarda mavjud sanoat salohiyatidan, ayniqsa, qurilish industriyasini rivojlantirishda noruda minerallarning xom ashyo bazasini oʻzlashtirish imkoniyatlaridan toʻliq foydalanishga qaratilgan vazifalar belgilandi.

Hujjatga muvofiq, 24 ta tuman (shahar) qurilish materiallari ishlab chiqarishga ixtisoslashtirildi, 8 ta hudud, jumladan, Sariosiyo, Buloqboshi, Qorovulbozor, Forish, Paxtachi, Chust, Oʻzbekiston tumanlari va Nukus shahrida  Oʻzsanoatqurilishbank huzuridagi “PSB Capital” investitsiya kompaniyasi ishtirokida kichik sanoat zonalarini barpo etish tashkillashtirildi. Ushbu hududlarda faoliyat boshlovchi korxonalarni qoʻllab-quvvatlash maqsadida esa, loyihalarni “sanoat ipotekasi” dasturi asosida moliyalashtirish yoʻlga qoʻyildi. Dastur doirasida tadbirkorlarga 7 yil muddatga 2 yil imtiyozli davr bilan kredit ajratish belgilandi.

Dastlabki bosqichda Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanida 5 gektar yer maydonida qurilish materiallari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan “Anorzor” kichik sanoat zonasi ishga tushirildi. U yerda rotband quruq qorishmalari, lok-boʻyoq mahsulotlari hamda eshik va romlar ishlab chiqaruvchi korxonalar oʻz faoliyatini boshladi.

Mazkur hududda mavjud xomashyo zahiralari (jumladan, quruq qorishmalar, penoblok, gazoblok, gipsokarton, plastmasa cherepitsalar, lak boʻyoqlar, metall mahsulotlari va boshqa turdagi qurilish materiallari)dan kelib chiqib umumiy qiymati 4,5 mln. dollarlik 8 ta loyiha shakllantirildi. Ayni paytda ularning 5 tasi ishga tushirilib, yetmishdan ziyod ish oʻrni yaratildi.

Har bir lot toʻliq ishga tushirilganda yiliga 67 mlrd. soʻmlik qurilish materiallari ishlab chiqarilib, shundan, 1,1 mln. dollarlik mahsulotlar eksport qilinishi hamda 3,4 mln. dollarlik import oʻrnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarilishi koʻzda tutilgan. Buning natijasida 10 mlrd. soʻm byudjetga tushum tushishiga erishiladi, 120 ta yangi ish oʻrni yaratiladi.

Bugungi kunda bank tomonidan yana 7 ta ixtisoslashgan tumanda kichik sanoat zonalarini barpo etish ishlari olib borilmoqda. Bu borada dastlabki bosqich uchun 61 ta loyiha ishlab chiqildi. Tashabbuskorlarni moliyaviy qoʻllab-quvvatlash maqsadida “sanoat ipotekasi” dasturi doirasida 107 mln. dollar hajmida kredit ajratilishi belgilandi.

Bank Axborot xizmati





Boshqa yangiliklar

09/08/2026 12:24:37 pm
Shaffof bank — ishonchli hamkor: tadbirkorlar bilan ochiq muloqot

“O‘zsanoatqurilishbank” ATB Korrupsiyaga qarshi kurashish xizmati tomonidan Samarqand viloyatida tadbirkorlar bil ...

09/04/2026 07:07:02 pm
SQB AI Tech Summit 2026 xalqaro konferensiyasida AI-transformatsiya tajribasini taqdim etdi

“O‘zsanoatqurilishbank” (SQB) Belgradda o‘tkazilayotgan AI Tech Summit 2026 ...

09/03/2026 03:24:31 pm
Ta’lim uchun moliyaviy ko‘mak: SQB imkoniyatlari

“O‘zsanoatqurilishbank” ATB Korporativ markazi xodimlari tomonidan “Perfect-University” MChJ oliy ta’lim muassasa ...


Oxirgi yangilanish sanasi: 08.09.2023 18:21  
up
logo
DEMO
close
Давайте поговорим!
close
send
arrow-left
Недавние чаты
close
История
FAQ
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит