O‘zsanoatqurilishbank tomonidan yana bir yirik loyiha ishga tushirildi


02.04.2021 12:15

      O‘zsanoatqurilishbank tomonidan “Navoiyazot” aksiyadorlik jamiyatida quvvati 500 ming tonna azot ishlab chiqaruvchi majmua barpo etildi. Yangi quvvat energiya tejamkor hamda ekologik jihatdan barqaror, deya qayd etilmoqda.
So‘ngi yillarda kimyo sanoati korxonalarini modernizasiya qilish bilan birga yangi quvvatlarni barpo etishga qaratilgan investisiya loyihalar amalga oshirilmoqda. 
Mamlakatimiz sanoat sohasini yangilash, qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratish hamda aholi va byudjet daromadlarini jadal oshirishga qaratilgan ushbu loyihalarda, shuningdek zamonaviy ishlab chiqarish texnologiyalarini qo‘llash orqali energiya resurslarini tejash va atrof-muhit ifloslanishining oldini olishdek ulkan maqsadlar ham mujassam.
“Navoiyazot” AJda barpo etilgan azot kislotasi ishlab chiqarish ob'ekti ana shunday majmualardan biridir. 
 Loyihani tatbiq etish maqsadida O‘zsanoatqurilishbank tomonidan “Credit Suisse” (Shveysariya) hamda “Commerzbank” (Germaniya)larning jami 115,2 mln. AQSh dollari miqdoridagi kredit liniyalari jalb etilib, ular to‘liq o‘zlashtirildi. 
     Mazkur kredit mablag‘lar hisobiga majmua iqlim va ekologik barqarorlikni ta'minlovchi hamda energiya tejovchi ilg‘or texnologiyalar bilan jihozlandi. Shveysariyaning “CASALE SA” kompaniyasi tomonidan esa korxonaning boshqaruv tizimi xalqaro standartlarga muvofiqlashtirildi.
Natijada, umumiy qiymati qariyb 217 mln. AQSh dollariga teng loyiha asosida 55 yildan buyon ishlab, jismonan eskirgan eski sex o‘rnida yangi yirik zavod bunyod qilindi. Yiliga 390 ming tonna azot kislotasi ishlab chiqaruvchi korxona quvvati 500 ming tonnaga yetkazildi, mahalliy aholining 120dan ortig‘i doimiy ish o‘rniga ega bo‘ldi, hududdagi yirik sanoat ob'ektlari soni yana bittaga ko‘paydi.
E'tiborli jihati, 1 tonna mahsulot ishlab chiqarish uchun elektr energiya sarfi 18 barobarga kamayadigan, havoni ifloslantiradigan 150 ming tonna nitroz gazlari tutib qolinadigan bo‘ldi.
Bank Axborot xizmati




Boshqa yangiliklar

09/08/2026 12:24:37 pm
Shaffof bank — ishonchli hamkor: tadbirkorlar bilan ochiq muloqot

“O‘zsanoatqurilishbank” ATB Korrupsiyaga qarshi kurashish xizmati tomonidan Samarqand viloyatida tadbirkorlar bil ...

09/04/2026 07:07:02 pm
SQB AI Tech Summit 2026 xalqaro konferensiyasida AI-transformatsiya tajribasini taqdim etdi

“O‘zsanoatqurilishbank” (SQB) Belgradda o‘tkazilayotgan AI Tech Summit 2026 ...

09/03/2026 03:24:31 pm
Ta’lim uchun moliyaviy ko‘mak: SQB imkoniyatlari

“O‘zsanoatqurilishbank” ATB Korporativ markazi xodimlari tomonidan “Perfect-University” MChJ oliy ta’lim muassasa ...


Oxirgi yangilanish sanasi: 02.04.2021 15:04  
up
logo
DEMO
close
Давайте поговорим!
close
send
arrow-left
Недавние чаты
close
История
FAQ
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит