Oʻzsanoatqurilishbank – toza ekologiya tarafdori


18.09.2023 16:51

16-sentyabr – Butunjahon tozalik kunida Oʻzsanoatqurilishbank xodimlari dunyo koʻngillilari bilan birgalikda global ekologik aksiyaga qoʻshildi.

Ushbu kun munosabati bilan respublikamizning barcha hududlarida Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi, Sanitar tozalash ishlarini tashkil etish respublika markazi, Oʻzbekiston Volontyorlari assotsiatsiyasi hamda qator tashkilot va muassasalar hamkorligida “UzPlogging” eko-yugurish aksiyasi, “Clean games” – Yevroosiyo tozalik kubogi musobaqasi tashkil etildi.
Unda Oʻzsanoatqurilishbank xodimlari faol qatnashdi.

–   Yevroosiyo tozalik kubogi musobaqasi Oʻzbekistonda ilk bor oʻtkazilmoqda, ushbu muhim tadbirda toza ekologiya tarafdorlari qatorida ekanligimizdan mamnunmiz, – deydi “Green Banking” departamenti boshqarma boshligʻi Bobur Sultonmurodov. 
Taʼkidlanishicha, mazkur musobaqa yurtimizda faqat koʻngillilar oʻrtasida oʻtkazilgan. Bu yildan eʼtiboran ekologiya va atrof-muhit tozaligini taʼminlashga oid loyiha butun Oʻzbekistonni qamrab oldi.

“Clean games” oʻyinlarida 100 dan ortiq ishtirokchi qatnashdi. Ular tomonidan jami 118, 8 qop – 802,25 kilogrammga teng chiqindi yigʻilib, saralangan holda qayta ishlashga jalb qilindi.
Tadbir davomida, shuningdek, qayta ishlangan chiqindilardan tayyorlangan mahsulotlar koʻrgazmasi, bolalar ishtirokida rasm chizish tanlovi boʻlib oʻtdi. 

Sohada uzoq yillardan beri mehnat qilib kelayotgan faxriy va fidoiy xodimlar, aksiya faollari “Tabiat himoyachisi” koʻkrak nishoni va boshqa qimmatbaho sovgʻalar bilan taqdirlandi.


https://youtube.com/shorts/Cdrb1KK1Ae4?si=akugoD0liBne4QCC


Bank Axborot xizmati






Boshqa yangiliklar

10/16/2026 06:58:12 pm
SQB: strategik rivojlanish va korporativ boshqaruvdagi natijalar

Joriy yilning 5 oktyabridan eʼtiboran Odilbek Isakovning “O‘zsanoatqurilishbank” ATB (S ...

10/14/2026 06:22:05 pm
SQBda texnik yangilash ishlari o‘tkaziladi

Hurmatli mijozlar! Joriy yil 15-oktyabr kuni soat 03:00 dan 13:00 ga qadar O‘zsanoatqurilishbank (SQB)ning ...

10/14/2026 05:37:53 pm
Murojaatdan amaliy yechimga: SQBda aholi bilan muloqot qanday yo‘lga qo‘yilgan?

Toshkent viloyatida O‘zsanoatqurilishbank mas’ullari ishtirokida o‘tkazilgan sayyor qabulda fuqaro B.M. o‘z bizne ...


Oxirgi yangilanish sanasi: 04.08.2025 16:05  
up
logo
DEMO
close
Давайте поговорим!
close
send
arrow-left
Недавние чаты
close
История
FAQ
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит