“O‘zsanoatqurilishbank” transformatsiya qilinadi


07.08.2018 19:26

“O‘zsanoatqurilishbank” va Xalqaro moliya korporatsiyasi o‘rtasida bankni eng ilg‘or tajriba va xalqaro standartlar asosida ish yuritadigan, moliyaviy jihatdan barqaror va raqobatbardosh muassasaga tansformatsiya qilish bo‘yicha hamkorlik kelishuvi imzolandi.

Mazkur kelishuvga asosan “O‘zsanoatqurilishbank”da xizmat ko‘rsatishning bozor mexanizmlari yanada keng joriy etiladi, zamonaviy bank innovatsion xizmatlari va mahsulotlarining yangi turlarini ko‘paytirish orqali aholi va tadbirkorlar uchun bank xizmatlarining ommabopligi oshiriladi, ayniqsa yurtimiz chekka hududlarida bank xizmatlaridan keng foydalanish imkoniyatlari yaratiladi.

Shuningdek, “O‘zsanoatqurilishbank”da  Markaziy Osiyodagi birinchi bo‘lib ishlab chiqarish ob'yektlarining atrof-muhitga zararli ta’sirini kamaytirishga va energo-tejamkorligini oshirishga qaratilgan “Green banking” tizimi asosida moliyalashtirish mexanizmlari va xizmat turlari joriy etiladi.





Boshqa yangiliklar

10/23/2026 06:00:48 pm
SQB o‘zbek tili uchun yirik ochiq matnlar bazasi — UzLPCloyihasini taqdim etdi

Sun’iy intellekt va raqamli texnologiyalar hayotimizga jadalkirib kelayotgan davrda, aqlli dasturlarning o‘zbek t ...

10/22/2026 10:44:22 am
Serjiu Choklya “O‘zsanoatqurilishbank” ATB Kuzatuv kengashi raisi etib saylandi

2026-yil 5-oktyabrda “O‘zsanoatqurilishbank” (SQB) aksiyadorlari tomonidan Kuzatuv kengashining mus ...


Oxirgi yangilanish sanasi: 17.10.2019 13:35  
up