Oʻzsanoatqurilishbank tomonidan Turkiya Respublikasining “Aktif banki”da turk lirasida Nostro hisob raqami ochildi. Ushbu strategik tashabbus Oʻzbekiston va Turkiya oʻrtasidagi moliyaviy aloqalarni mustahkamlash, transchegaraviy operatsiyalarni soddalashtirish va ikki tomonlama savdo hajmini oshirishga qaratilgan.
Yangi hisob raqami orqali Oʻzsanoatqurilishbank mijozlari uchun qator qulayliklar yaratiladi. Xususan, ularning turk lirasidagi xalqaro toʻlovlari tezkor va arzon amalga oshiriladi.
Bank ushbu muhim qadam orqali oʻzining xorijiy valyutadagi operatsiyalari samaradorligini yanada oshirib, mijozlarga xizmat koʻrsatish sifatini yuqori darajaga olib chiqishni maqsad qilgan.
Muzokaralarda mazkur hamkorlik Turkiya bilan savdo qiluvchi oʻzbekistonlik ishbilarmonlar uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochishi va shu orqali ikki davlat oʻrtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalarni yanada rivojlantirishga hissa qoʻshishi taʼkidlandi.
Qayd etish joizki, Oʻzsanoatqurilishbank Oʻzbekistondagi yirik banklardan biri sifatida ichki va tashqi bozordagi moliyaviy operatsiyalarda yuqori sifatli xizmat koʻrsatishni taʼminlab kelmoqda.
Bank Axborot xizmati
Hurmatli mijozlar! Joriy yil 15-oktyabr kuni soat 03:00 dan 13:00 ga qadar O‘zsanoatqurilishbank (SQB)ning ...
Toshkent viloyatida O‘zsanoatqurilishbank mas’ullari ishtirokida o‘tkazilgan sayyor qabulda fuqaro B.M. o‘z bizne ...
Xiva shahrida, ochiq osmon ostidagi muzey nomini olgan tarixiy Ichan qal’a yaqinida faoliyat yuritayotgan “Sofra” ...

