Oʻzsanoatqurilishbank va “Helaba” banki oʻrtasida hamkorlik boʻyicha kelishuv imzolandi


01.05.2023 18:45

Joriy yilning 27-aprel kuni ikkinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumi doirasida Germaniyaning “Helaba” banki va Oʻzsanoatqurilishbank oʻrtasida umumiy qiymati 35 mln. yevro boʻlgan hamkorlik toʻgʻrisida kelishuv imzolandi.

Oʻtgan yildan buyon anʼanaviy tarzda oʻtkazib kelinayotgan forum ikki va koʻp tomonlama hamkorlikni mustahkamlashga va yangi biznes imkoniyatlarini kashf etishga xizmat qilmoqda.

Oʻzsanoatqurilishbank uchun Germaniya kabi sanoatlashgan hududda ulkan moliyaviy salohiyatga ega moliya muassasasi bilan aloqalarni yoʻlga qoʻyish uning uzoq muddatli moliyalashtirish va tashqi savdoni amalga oshirish sohasida hamkorlik ufqlarini kengaytiradi.

Taʼkidlash joiz, Oʻzsanoatqurilishbank mamlakatimizning yirik va tayanch banklaridan biri sifatida strategik loyihalarni tabiq etishda faol qatnashib, milliy moliya tizimi rivojiga katta hissa qoʻshmoqda.

Maʼlumot uchun: “Helaba” banki Frankfurt shahridagi yetakchi universal banklardan biri hisoblanib, umumiy aktivi qariyb 212 mlrd. yevroni tashkil qiladi. Bugungi kunda bank moliya institutlari, institutsional investorlar va davlat sektoriga Germaniyada ham, boshqa davlatlarda ham birdek moliyaviy xizmatlarni koʻrsatib kelmoqda. Shuningdek, u nemis jamgʻarma kassalarining 40 foizi uchun markaziy kliring tashkiloti va xizmat koʻrsatuvchi provayder sanaladi. Xalqaro miqyosda bank Fransiya, Irlandiya, AQSH va Buyuk Britaniyadagi filial va vakolatxonalari orqali ish yuritadi.

Muassasaning xalqaro miqyosdagi uzoq muddatli kredit reytinglari – “Aa3” (Moody’s) va “A+” (Fitch Ratings) boʻlib, har ikki reyting istiqboli ham “barqaror” hisoblanadi.

Bank Axborot xizmati

 

 





Boshqa yangiliklar

10/23/2026 06:00:48 pm
SQB o‘zbek tili uchun yirik ochiq matnlar bazasi — UzLPCloyihasini taqdim etdi

Sun’iy intellekt va raqamli texnologiyalar hayotimizga jadalkirib kelayotgan davrda, aqlli dasturlarning o‘zbek t ...

10/22/2026 10:44:22 am
Serjiu Choklya “O‘zsanoatqurilishbank” ATB Kuzatuv kengashi raisi etib saylandi

2026-yil 5-oktyabrda “O‘zsanoatqurilishbank” (SQB) aksiyadorlari tomonidan Kuzatuv kengashining mus ...


Oxirgi yangilanish sanasi: 01.05.2023 18:46  
up