Yangiliklar

Oʻzsanoatqurilishbank va Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki oʻrtasida hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi


05.06.2021

2021-yil 4-iyun kuni Oʻzsanoatqurilishbank rahbariyatining Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (ETTB) Moliyaviy institutlar boshqaruvchi direktori Fransis Malij va Kapitalga investitsiyalar masalalari boʻyicha boshqaruvchi direktori Xassan El Xatib boshchiligidagi delegatsiyasi bilan uchrashuvi boʻlib oʻtdi.  

Muzokaralar davomida Oʻzsanoatqurilishbank loyihalarini amalga oshirish doirasidagi hamkorlik holati, ikki tomonlama sheriklik munosabatlari rivojining istiqbollari hamda bank-moliya sohasini isloh qilishda YETTB koʻmagiga oid masalalar muhokama etildi. 

Taʼkidlanganidek, soʻnggi yillarda Bankning YETTB bilan hamkorligi samarali kechdi. Xususan, oxirgi 3 yilda 5 ta ikki tomonlama bitim imzolandi. 

Jumladan, 2019-yilda imzolangan revolverli kredit liniyasi doirasida umumiy qiymati 28,4 mln. AQSh dollariga teng 53 ta kelishuv boʻyicha moliyalashtirish ochilgan. Savdoga koʻmaklashish dasturi (TFP) doirasida esa Oʻzsanoatqurilishbank tomonidan 50,5 mln. AQSh dollari miqdoridagi 19 ta loyiha uchun YETTBning kredit kafolatlaridan foydalanilgan.  

Bundan tashqari, 2020-yil iyun oyida imzolangan qiymati 40 mln. AQSh dollariga teng kichik biznes va xususiy tadbirkorlik loyihalarini moliyalashtirish boʻyicha zayom bitimi tufayli bank tomonidan tadbirkorlik subyektlarining 52 ta loyihasi moliyalashtirildi. 

Bugungi kunda tomonlar «Yashil iqtisodiyotni moliyalashtirish mexanizmi» va «Tavakkalchiliklarni taqsimlash mexanizmi» kabi yangi moliyaviy mahsulotlarni bank faoliyatiga joriy etish ustida ish olib bormoqda. Bu, oʻz navbatida, Oʻzsanoatqurilishbank tomonidan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlariga taqdim etayotgan xizmatlar turlarini kengaytiradi hamda ishlab chiqarish va xizmat koʻrsatish sohalariga jalb qilingan korxonalarni moliyalashtirishdan keng foydalanish imkoniyatini taʼminlaydi.  

YETTB, shuningdek, Bankni transformatsiya qilish jarayonlariga ham har tomonlama koʻmaklashmoqda. Jumladan, Xalqaro moliya korporatsiyasi bilan hamkorlikda mazkur moliyaviy institut tomonidan Bank Gʻaznachiligini transformatsiya qilishga KPMGning xalqaro konsultantlari jalb etilgan. 

Bank Axborot xizmati.





Boshqa yangiliklar

04/17/2024 03:17:48 pm
“Fitch Ratings” O‘zsanoatqurilishbank reytingini tasdiqladi: istiqboli “Barqaror”

Xalqaro yetakchi reyting kompaniyalardan biri – “Fitch Ratings” O‘zsanoatqurilishbank kredit reytingi mamlakatning “BB-” ...

04/13/2024 04:54:15 pm
Beqasam, atlas, adras - hech qachon urfdan qolmas!

O’zsanoatqurilishbankda an’anaviy “Milliy liboslar” chellenji o’tkazildi.  Chellenj shartlariga ko’ra, ...


Oxirgi yangilanish sanasi: 05.06.2021 17:27  
up