Oʻzsanoatqurilishbank «Wood&Co» koʻmagida investorlar bilan navbatdagi uchrashuvni tashkil etdi


10.12.2021 10:49

Oʻzsanoatqurilishbank «Wood&Co» koʻmagida investorlar bilan navbatdagi uchrashuvni tashkil etdi


Joriy yilning 7-dekabr kuni Oʻzsanoatqurilishbank vakillari «Wood's Winter Wonderland EME Conference» anjumani doirasida investorlar bilan videoaloqa (Investor Call) tarzida oʻtkazilgan navbatdagi uchrashuvda qatnashdi.

Tadbir Markaziy va Sharqiy Yevropadagi yetakchi investitsion kompaniya – «Wood&Co» koʻmagida tashkil etilib, unda “Dunross & Co” (Shvetsiya), “Impera Capital” (Turkiya), “RVX Asset Management” (AQSH), “Stewart Industries Inc.” (AQSH) va “T.Rowe Price Intlernational” (AQSH) xalqaro investitsion va konsalting kompaniyalari vakillari ishtirok etdi.

Uchrashuv doirasida Oʻzsanoatqurilishbank tomonidan Oʻzbekistonda bank-moliya sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, bankning soʻnggi moliyaviy koʻrsatkichlari, uning koronavirus pandemiyasi sharoitida moliyaviy barqarorligini saqlash boʻyicha qabul qilingan preventiv chora-tadbirlari, muassasada xalqaro sifat standartlariga muvofiq transformatsiya jarayonlari, shuningdek, yetakchi chet el moliyaviy institutlar va bank-moliya tashkilotlari bilan hamkorligining joriy holati haqida batafsil maʼlumotlar berildi.

Xorijiy investitsiyaviy hamjamiyat va Oʻzbekistonning ishbilarmon doiralari vakillari oʻrtasida muhim ahamiyatga ega loyihalarni amalga oshirishni jadallashtirish masalalari muhokama etildi.

Oʻtkazilgan onlayn uchrashuv natijasida Oʻsanoatqurilishbankning manfaatdor xalqaro investitsion kompaniyalar va biznes-akseleratorlar bilan ikki tomonlama hamkorligi yanada kengayishi kutilmoqda.

Maʼlumot uchun: “WOOD & Co.” shakllanayotgan bozor iqtisodiyotiga ega mamlakatlarda yetakchi investitsion bank hisoblanib, Sharqiy Yevropa va MDH mamlakatlariga alohida eʼtibor qaratib kelmoqda. Bank 1991-yildan boshlab butun dunyoda keng qamrovli investorlar bazasini yaratdi. Bugungi kunda muassasa oʻz faoliyatini Varshava, Praga, Buxarest, Bratislava, Milan va London shaharlarida joylashgan ofislari orqali amalga oshirib kelmoqda.

Bank Axborot xizmati





Boshqa yangiliklar

10/09/2026 11:46:31 am
Korrupsiya va manfaatlar toʻqnashuvi holatlari haqida xabar bering!

Oʻzsanoatqurilishbank tizimida korrupsiya va manfaatlar toʻqnashuvining oldini olishga qaratilgan aloqa kanallari barqar ...

10/07/2026 06:23:56 pm
“O‘zsanoatqurilishbank” ATB rasmiy munosabati

Ijtimoiy tarmoqlarda O‘zsanoatqurilishbank (SQB)ning Andijondagi xizmatlar ofisida mijozlarga xizmat ko‘rsatish j ...

09/30/2026 05:53:07 pm
Sun’iy intellekt va bank texnologiyalari imkoniyatlari bo‘yicha fikr almashildi

“SQB School”da sun’iy intellekt, ma’lum ...


Oxirgi yangilanish sanasi: 10.12.2021 10:51  
up
logo
DEMO
close
Давайте поговорим!
close
send
arrow-left
Недавние чаты
close
История
FAQ
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит