
O‘zsanoatqurilishbank O‘zbekistondan Rossiyaga ketgan mehnat migrantlariga qo‘shimcha qulaylik yaratish maqsadida SalamPay tizimiga ulandi.
Tizim xalqaro pul o‘tkazmalari xizmatiga mo‘ljallangan bo‘lib, u quyidagi afzalliklarga ega:
– Mijoz bank shoxobchasiga tashrif buyurmaydi;
– Xizmatdan Rossiyaning istalgan hududida turib, onlayn foydalanadi;
– Xizmat uchun qo‘shimcha haq to‘lamaydi;
– Tizimdan foydalanish uchun istalgan tilni (o‘zbek va rus) tanlash imkoni mavjud.
Bunda faqat Rossiyadagi yurtdoshlarimiz o‘z mobil aloqa vositasi (Android)ga SalamPay mobil ilovasini yuklab olsa kifoya.
Mehnat migrantlari tomonidan yuborilgan mablag‘lar O‘zbekistonda O‘zsanoatqurilishbankning xalqaro pul o‘tkazmalari shoxobchalarida Contast tizimi orqali olinadi.
O‘tkazma summasi (pul mablag‘i) oluvchiga o‘tkazilgunga qadar ilova balansida saqlanadi. Shu bois agar tizim foydalanuvchisi pul o‘tkazmasini bekor qilmoqchi bo‘lsa, dasturdagi “qaytish” tugmasini bosishi lozimdir.
O‘tkazma holati ilovada onlayn kuzatiladi.
Bank Axborot xizmati
Joriy yilning 5 oktyabridan eʼtiboran Odilbek Isakovning “O‘zsanoatqurilishbank” ATB (S ...
Hurmatli mijozlar! Joriy yil 15-oktyabr kuni soat 03:00 dan 13:00 ga qadar O‘zsanoatqurilishbank (SQB)ning ...
Toshkent viloyatida O‘zsanoatqurilishbank mas’ullari ishtirokida o‘tkazilgan sayyor qabulda fuqaro B.M. o‘z bizne ...

