Oʻzsanoatqurilishbank xalqaro moliya institutlari va banklar bilan hamkorlikni kengaytirmoqda


30.09.2021 16:53

Joriy yilning 30-sentyabrida „Oʻzbekiston: iqtisodiy islohotlarning yutuqlari va ularning istiqbollari“ mavzusidagi Oʻzbekiston iqtisodiy forumi doirasida Oʻzsanoatqurilishbank xorijiy hamkorlar bilan umumiy miqdori 71,6 million AQSH dollarini tashkil etuvchi bir qator bitimlar imzoladi.

Oʻzsanoatqurilishbank va ICBC Standard Bank (Buyuk Britaniya) oʻrtasida 25 mln. AQSH dollari miqdoridagi kredit bitimi hamda banklar oʻrtasida xalqaro hisob-kitoblar, gʻaznachilik operatsiyalari, savdo va loyihalarni moliyalashtirish sohasidagi munosabatlarni mustahkamlash hamda bank xodimlari uchun oʻquv kurslar, seminarlar, treninglar va amaliyot dasturlari tashkil qilishni koʻzda tutuvchi Oʻzaro anglashuv memorandumi imzolandi. 

Savdo-moliyalashtirish yoʻnalishida imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida Oʻzsanoatqurilishbank Osiyo taraqqiyot banki (OTB) bilan 16,6 million AQSH dollari miqdoridagi „Revolver kredit liniyasini taqdim etish toʻgʻrisida“gi Bitim va „AK BARS“ banki (Rossiya Federatsiyasi) bilan savdoni moliyalashtirish boʻyicha 30 mln. AQSH dollari miqdoridagi Hadli Bitim imzoladi. 

Ushbu bitimlar Oʻzsanoatqurilishbank hududiy boʻlinmalari orqali tadbirkorlik subyektlariga, shu jumladan kichik va oʻrta biznesning dolzarb loyihalariga yoʻnaltirilayotgan moliyaviy resurslar hajmini oshirishga imkon yaratadi. 

Taʼkidlash joizki, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 12-maydagi “2020-2025-yillarga moʻljallangan Oʻzbekiston Respublikasining bank tizimini isloh qilish strategiyasi toʻgʻrisida” Farmoni Oʻzsanoatqurilishbankning xalqaro moliya institutlari va banklar bilan hamkorlikni yanada kengaytirish imkonini yaratdi, bu esa Bankka nisbatan xalqaro investorlar ishonchining ortishida muhim omil boʻlmoqda.

Bank Axborot xizmati





Boshqa yangiliklar

10/07/2026 06:23:56 pm
“O‘zsanoatqurilishbank” ATB rasmiy munosabati

Ijtimoiy tarmoqlarda O‘zsanoatqurilishbank (SQB)ning Andijondagi xizmatlar ofisida mijozlarga xizmat ko‘rsatish j ...

09/30/2026 05:53:07 pm
Sun’iy intellekt va bank texnologiyalari imkoniyatlari bo‘yicha fikr almashildi

“SQB School”da sun’iy intellekt, ma’lum ...

09/29/2026 05:51:41 pm
SQB “Kelajak tadbirkori – 2026” kasb ko‘rgazmasida ishtirok etdi

Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti hududida talaba yoshlar va ishsiz fuqarolar bandligini ta’minlas ...


Oxirgi yangilanish sanasi: 30.09.2021 16:55  
up
logo
DEMO
close
Давайте поговорим!
close
send
arrow-left
Недавние чаты
close
История
FAQ
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит