Oʻzsanoatqurilishbank xodimi koronavirus infeksiyasi oqibatida hayotdan koʻz yumdi


07.07.2020 19:43

“Oʻzsanoatqurilishbank”ning Navoiy viloyati filiali boshqaruvchisi oʻrinbosari Xurshid Iskandarovich Shabonov shifokorlar tomonidan koʻrsatilgan barcha zarur yordamlarga qaramay “COVID-19” infeksiyasi ogʻir kechishi oqibatida 38 yoshida vafot etdi.

X.Shabanov 2020 yil 2 iyul COVID-19 infeksiyasiga namuna topshirgan va unda kasallik tasdiqlangan. Bemor shu kunning oʻzida Navoiy viloyat bolalar yuqumli kasalliklar shifoxonasiga yotqizilgan.

Unga “COVID-19” infeksiyasi ogʻir kechishi tashxisi qoʻyilgan. Kasallik ikki tomonlama zotiljam, nafas yetishmovchiligining 1-2-darajasi asorati bilan kechgan.

Bundan tashqari bemorda gipertoniya 3-daraja, arterial gipertenziya 2. Xavf – III, semizlikning 1-darajasi kabi hamroh kasalliklari boʻlgan. Shuningdek, bemor 2019 yildan buyon gipertoniya kasalligi bilan nazoratda turgan.

6 iyul kuni bemorning ahvoli oʻta ogʻirlashgan hamda mutaxassislar tomonidan konsultatsiya qilinib, davolash jarayoni tegishli mutaxassislar tavsiyasi asosida olib borilgan.

Shunga qaramasdan bemorning ahvoli keskin ogʻirlashgan. Reanimatsiya boʻlimi mutaxassislari tomonidan toʻliq hajmda, standart asosida oʻtkazilgan reanimatsion choralar samara bermagan hamda biologik oʻlim qayd etilgan.

Oʻzsanoatqurilishbank rahbariyati jonkuyar xodim, mehribon ota, gʻamxoʻr farzand Xurshid Iskandarovich Shabonovning bevaqt vafoti munosabati bilan uning oila aʼzolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildiradi.






Boshqa yangiliklar

10/16/2026 06:58:12 pm
SQB: strategik rivojlanish va korporativ boshqaruvdagi natijalar

Joriy yilning 5 oktyabridan eʼtiboran Odilbek Isakovning “O‘zsanoatqurilishbank” ATB (S ...

10/14/2026 06:22:05 pm
SQBda texnik yangilash ishlari o‘tkaziladi

Hurmatli mijozlar! Joriy yil 15-oktyabr kuni soat 03:00 dan 13:00 ga qadar O‘zsanoatqurilishbank (SQB)ning ...

10/14/2026 05:37:53 pm
Murojaatdan amaliy yechimga: SQBda aholi bilan muloqot qanday yo‘lga qo‘yilgan?

Toshkent viloyatida O‘zsanoatqurilishbank mas’ullari ishtirokida o‘tkazilgan sayyor qabulda fuqaro B.M. o‘z bizne ...


Oxirgi yangilanish sanasi: 28.07.2020 15:55  
up
logo
DEMO
close
Давайте поговорим!
close
send
arrow-left
Недавние чаты
close
История
FAQ
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит