Oʻzsanoatqurilishbank xodimlari oʻrtasida shaxmat boʻyicha “SQB kubogi” oʻtkazildi


20.06.2023 10:29

Oʻzsanoatqurilishbank xodimlari oʻrtasida shaxmat boʻyicha “SQB kubogi” oʻtkazildi

Oʻzsanoatqurilishbank xodimlari oʻrtasida shaxmat boʻyicha “SQB kubogi 2023” musobaqasining respublika bosqichi boʻlib oʻtdi. Turnir doirasida ishtirokchilar uchun xalqaro toifadagi grossmeyster Nodirbek Yakubboyev bilan mahorat darslari ham tashkil etildi.

Prezidentimizning 2021-yil 14-yanvardagi “Shaxmatni yanada rivojlantirish va ommaviylashtirish hamda shaxmatchilarni tayyorlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori asosida shaxmat oʻyini shaxs tafakkuri, intellekti va fikrlash doirasini rivojlantirishini inobatga olib, uni aholi oʻrtasida keng ommalashtirish saʼy-harakatlari amalga oshirilmoqda.

Oʻtgan yildan buyon Oʻzsanoatqurilishbank tizimida ham xodimlarni sportning ushbu turiga keng jalb qilish anʼanaga aylandi.

Oʻzbekiston shaxmat federatsiyasi bilan hamkorlikda bank xodimlarini maʼnaviy qoʻllab-quvvatlash va jamoaviy birdamlikni yanada kuchaytirish maqsadida tashkil etilgan “SQB kubogi” musobaqasi joriy yilda ham koʻtarinki ruhda boʻlib oʻtdi.

Turnirning respublika bosqichida jami 49 nafar bank xodimi ishtirok etdi. Ularning 14 nafari xotin-qizlardir.

Turnir doirasida ishtirokchilar uchun xalqaro toifadagi grossmeyster Nodirbek Yakubboyev bilan mahorat darslari oʻtkazildi.

Musobaqa yakunida ochkolar boʻyicha erkaklar va ayollar orasida 1, 2 va 3-oʻrin sohiblari hamda maxsus gran-pri gʻolibi aniqlandi. Ular pul mukofoti hamda maxsus kubok bilan taqdirlandi.

Bank Axborot xizmati





Boshqa yangiliklar

10/23/2026 06:00:48 pm
SQB o‘zbek tili uchun yirik ochiq matnlar bazasi — UzLPCloyihasini taqdim etdi

Sun’iy intellekt va raqamli texnologiyalar hayotimizga jadalkirib kelayotgan davrda, aqlli dasturlarning o‘zbek t ...

10/22/2026 10:44:22 am
Serjiu Choklya “O‘zsanoatqurilishbank” ATB Kuzatuv kengashi raisi etib saylandi

2026-yil 5-oktyabrda “O‘zsanoatqurilishbank” (SQB) aksiyadorlari tomonidan Kuzatuv kengashining mus ...


Oxirgi yangilanish sanasi: 20.06.2023 10:31  
up