“O‘zsanoatqurilishbank” xorijdagi vatandoshlarni rahbarlik lavozimlariga ishga taklif etadi


13.12.2018 14:56

“O‘zsanoatqurilishbank” xorijdagi vatandoshlarni rahbarlik lavozimlariga ishga taklif etadi

“O‘zsanoatqurilishbank” ATB O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 25 oktyabrdagi “Xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlar bilan hamkorlik sohasida O‘zbekiston Respublikasi davlat siyosatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 3982-sonli qaroriga muvofiq, yuqori malakaga ega bo‘lgan, xalqaro moliya institutlari va xorijiy banklarda samarali faoliyat yuritayotgan xorijdagi vatandoshlarni Bank Boshqaruvi Raisining maslahatchisi sifatida yoki rahbarlik lavozimlariga tanlov asosida ishga taklif qiladi.

Bunda “O‘zsanoatqurilishbank”ni 2018-2022 yillarda transformatsiya qilish strategiyasini amalga oshirish, zamonaviy menejment va korporativ boshqaruv mexanizmlarini keng joriy qilishda bank-moliya sohasida xalqaro miqyosda yetarli tajribaga ega bo‘lgan vatandoshlarning salohiyatidan oqilona foydalanish maqsadi ilgari surilgan.

Ish haqi va boshqa ijtimoiy-moliyaviy masalalar har bir nomzod uchun uning malakasi, amaliy tajribasi va Bank faoliyatini rivojlantirishga o‘z hissasini qo‘sha olish imkoniyatidan kelib chiqib, individual yondashiladi.

Bankka jalb qilingan vatandoshlarimizning professional faoliyat bilan shug‘ullanishlari, shuningdek ularning oila a’zolari uchun moliyaviy, ijtimoiy va huquqiy tomonlama qulay sharoit yaratilishi kafolatlanadi.

Ma’lumot va CVlarni yuborish uchun: “O‘zsanoatqurilishbank” HR direktori - Azizxon Nodirov (nodirov@uzpsb.uz), +99897 761-79-77





Boshqa yangiliklar

10/16/2026 06:58:12 pm
SQB: strategik rivojlanish va korporativ boshqaruvdagi natijalar

Joriy yilning 5 oktyabridan eʼtiboran Odilbek Isakovning “O‘zsanoatqurilishbank” ATB (S ...

10/14/2026 06:22:05 pm
SQBda texnik yangilash ishlari o‘tkaziladi

Hurmatli mijozlar! Joriy yil 15-oktyabr kuni soat 03:00 dan 13:00 ga qadar O‘zsanoatqurilishbank (SQB)ning ...

10/14/2026 05:37:53 pm
Murojaatdan amaliy yechimga: SQBda aholi bilan muloqot qanday yo‘lga qo‘yilgan?

Toshkent viloyatida O‘zsanoatqurilishbank mas’ullari ishtirokida o‘tkazilgan sayyor qabulda fuqaro B.M. o‘z bizne ...


Oxirgi yangilanish sanasi: 17.10.2019 13:35  
up
logo
DEMO
close
Давайте поговорим!
close
send
arrow-left
Недавние чаты
close
История
FAQ
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит