“Oʻzsanoatqurilishbank” yangi xizmat turini yoʻlga qoʻyganini eʼlon qiladi


16.07.2020 16:49

Joriy yil 16 iyuldan “Oʻzsanoatqurilishbank” ATB raqamli transformatsiya strategiyasi doirasida bank mijozlariga JOYDA mobil ilovasi orqali “Zolotaya korona” pul oʻtkazmalarini toʻgʻridan-toʻgʻri qabul qilish imkonini beruvchi yangi xizmatni joriy etmoqda.

Endilikda mijozlarga yuborilgan pul mablagʻlari Oʻzsanoatqurilishbankning Visa kartalariga bir zumda tushadi va istalgan vaqtda bank kassalarida yechib olinishi yoki JOYDA ilovasining oʻzida Uzcard yoki HUMO kartasiga milliy valyutaga konvertatsiya qilinishi mumkin.

Karantin talablariga rioya qilinishini taʼminlash maqsadida bank “Zolotaya korona” pul oʻtkazmalarining doimiy oluvchilari uchun VISA kartalarini chiqarish va ularni mijoz uyiga yetkazishni ham yoʻlga qoʻyadi. Shu bilan birga mijozlarga pul oʻtkazmalarini kartalarga mustaqil ravishda tushirish hamda mablagʻlarini istalgan bankning terminal va bankomatlarida yechib olish oʻrgatiladi.

Kelgusida barcha pul oʻtkazmalari turlarini JOYDA mobil ilovasida birlashtirish ham koʻzda tutilgan boʻlib, bu mijozlarga transchegaraviy pul oʻtkazmalarini birgina ilovadan foydalangan holda kechayu-kunduz qabul qilish va yuborish imkonini beradi.

Eslatib oʻtamiz, bir tomondan tovar ishlab chiqaruvchilar va savdo riteylerlarni, ikkinchi tomondan esa uy xoʻjaliklarini birlashtiruvchi JOYDA elektron savdo maydonchasi (marketpleys) joriy yilning may oyi boshida ishga tushirilgan boʻlib, yil oxirigacha uning foydalanuvchilar soni 300 mingga yetishi kutilmoqda.

Bank Axborot xizmati





Boshqa yangiliklar

10/09/2026 11:46:31 am
Korrupsiya va manfaatlar toʻqnashuvi holatlari haqida xabar bering!

Oʻzsanoatqurilishbank tizimida korrupsiya va manfaatlar toʻqnashuvining oldini olishga qaratilgan aloqa kanallari barqar ...

10/07/2026 06:23:56 pm
“O‘zsanoatqurilishbank” ATB rasmiy munosabati

Ijtimoiy tarmoqlarda O‘zsanoatqurilishbank (SQB)ning Andijondagi xizmatlar ofisida mijozlarga xizmat ko‘rsatish j ...

09/30/2026 05:53:07 pm
Sun’iy intellekt va bank texnologiyalari imkoniyatlari bo‘yicha fikr almashildi

“SQB School”da sun’iy intellekt, ma’lum ...


Oxirgi yangilanish sanasi: 29.07.2020 10:27  
up
logo
DEMO
close
Давайте поговорим!
close
send
arrow-left
Недавние чаты
close
История
FAQ
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит