O‘zsanoatqurilishbank yashil maydonlarni kengaytirish ishlarini jadal davom ettirmoqda


14.05.2024 09:51

O‘zsanoatqurilishbank yashil maydonlarni kengaytirish ishlarini jadal davom ettirmoqda

Joriy yilning bahor mavsumida O‘zsanoatqurilishbank tomonidan respublika bo‘ylab 90 mingdan ziyod mevali va manzarali ko‘chatlar ekildi.
Yangi O‘zbekistonning 2022-2026-yillarga mo‘ljallangan Taraqqiyot strategiyasida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida har yil kamida 200 million tup daraxt ekish, ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish, shahar va tumanlarning ekologik ahvolini yaxshilash vazifasi belgilangan.
Prezidentimiz tashabbusi bilan mamlakat miqyosida “Yashil makon” umummilliy loyihasi amalga oshirilmoqda.
Bank tomonidan loyiha doirasida joriy yil bahor mavsumida jami 90 ming tup, shuningdek, kuzgi ko‘chat ekish “Dolzarb 40 kunlik”da 76 ming tup manzarali va mevali daraxt hamda buta ko‘chatlari ekilib, “Yashil makon” elektron platformasiga kiritildi.
Shuningdek, bank jamoasi Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanidagi tog‘ va tog‘ oldi hududdagi 11 gektar yer maydoniga 5,5 ming tup bodom ko‘chati, poytaxtimizdagi “Barhayot” mahallasida esa, 200 tup mevali daraxt ekib, “Yashil bog‘” yaratdi.
E’tiborli jihati, ko‘kalamzorlashtirish va obodonlashtirish ishlari bank bino-inshootlari joylashgan hududlarda faol davom ettirilmoqda.
Ko‘chat ekish ishlarining bajarilishida iqlim sharoitga mos suvsizlik va qurg‘oqchilikka chidamli ko‘chatlar turlarini tanlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Ekilgan ko‘chatlarni parvarishlash uchun alohida mutaxassislar jalb qilinib, yashil maydonlarga tomchilatib sug‘orishning ilg‘or texnologiyalari o‘rnatilmoqda.





Boshqa yangiliklar

10/09/2026 11:46:31 am
Korrupsiya va manfaatlar toʻqnashuvi holatlari haqida xabar bering!

Oʻzsanoatqurilishbank tizimida korrupsiya va manfaatlar toʻqnashuvining oldini olishga qaratilgan aloqa kanallari barqar ...

10/07/2026 06:23:56 pm
“O‘zsanoatqurilishbank” ATB rasmiy munosabati

Ijtimoiy tarmoqlarda O‘zsanoatqurilishbank (SQB)ning Andijondagi xizmatlar ofisida mijozlarga xizmat ko‘rsatish j ...

09/30/2026 05:53:07 pm
Sun’iy intellekt va bank texnologiyalari imkoniyatlari bo‘yicha fikr almashildi

“SQB School”da sun’iy intellekt, ma’lum ...


Oxirgi yangilanish sanasi: 04.08.2025 16:05  
up
logo
DEMO
close
Давайте поговорим!
close
send
arrow-left
Недавние чаты
close
История
FAQ
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит