Oʻzsanoatqurilishbank Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki tomonidan “yashil” moliyalashtirish sohasida yetakchi deb eʼtirof etildi


21.01.2025 22:58

Joriy yilning 21-yanvar kuni Toshkent shahrida Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (ETTB)ning “yashil” iqtisodiyotni moliyalashtirish mexanizmi (GEFF) va savdoni rivojlantirishga koʻmaklashish dasturi (TFP) doirasida tadbir tashkil etildi. 

Tadbirda Bank “Oʻzbekistonda “yashil” savdoni moliyalashtirish boʻyicha yetakchi” hamda “Oʻzbekiston iqtisodiyotini zaxarli gazlardan himoyalashdagi yutuqlari uchun” nominatsiyalari boʻyicha taqdirladi.

“Yashil” iqtisodiyotni rivojlantirish bank faoliyatining ustuvor yoʻnalishlaridan biridir. 

Koʻp yillik oʻzgarishlar jarayonida bank yetakchi xalqaro moliya institutlari, jumladan YETTB bilan hamkorlikda istiqbolli ekologik tashabbuslarni faol ilgari surmoqda.

Bugungi kunga qadar bank tomonidan 25 mln. AQSH dollariga teng “yashil” kredit resurslari jalb qilinib, ular istiqbolli loyihalarni moliyalashtirishga yoʻnaltirildi.

GEFF dasturi doirasida esa, ekologik va barqaror yechimlarga qaratilgan 50dan ortiq loyihalar moliyalashtirildi. 

Bankning “yashil” kredit portfeli umumiy hajmi 559 mln. dollarga yetdi. 

2024-yilda bank tomonidan 142 mln. dollarlik “yashil” kreditlar ajratildi. 

Bu esa, sezilarli darajada iqtisodiy va ekologik samara keltirdi.

Taqdirlash marosimida davlat idoralari vakillari, xalqaro ekspertlar, tijorat banklari shuningdek, “yashil” texnologiyalar yetkazib beruvchilar hamda ishlab chiqaruvchilar ishtirok etdi.


Bank Axborot xizmati




Boshqa yangiliklar

10/23/2026 06:00:48 pm
SQB o‘zbek tili uchun yirik ochiq matnlar bazasi — UzLPCloyihasini taqdim etdi

Sun’iy intellekt va raqamli texnologiyalar hayotimizga jadalkirib kelayotgan davrda, aqlli dasturlarning o‘zbek t ...

10/22/2026 10:44:22 am
Serjiu Choklya “O‘zsanoatqurilishbank” ATB Kuzatuv kengashi raisi etib saylandi

2026-yil 5-oktyabrda “O‘zsanoatqurilishbank” (SQB) aksiyadorlari tomonidan Kuzatuv kengashining mus ...


Oxirgi yangilanish sanasi: 21.01.2025 23:03  
up