Oʻzsanoatqurilishbank “Yilning eng yaxshi yashil investitsiya banki” deb topildi


01.12.2021 15:17

Oʻzsanoatqurilishbank “Yilning eng yaxshi yashil investitsiya banki” deb topildi

Oʻzsanoatqurilishbank “Green banking” loyihasi nafaqat mamlakatimizda, balki xalqaro jamoatchilik tomonidan ham munosib eʼtirof etilmoqda.

Taʼkidlash joiz, soʻnggi yillarda keng koʻlamli transformatsiya jarayonlarini amalga oshirayotgan Oʻzsanoatqurilishbank tizimida mazkur yoʻnalishga ustuvor ahamiyat qaratilmoqda. Xalqaro moliya korporatsiyasi hamda Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki bilan hamkorlikda Oʻzbekistonda ilk bor Bankda “Green banking” loyihasi amalga tatbiq etildi. Bankning barcha hududiy filiallarida yashil loyihalar shakllantirilib, ularni moliyalashtirish uchun qoʻshimcha mablagʻlar jalb qilinmoqda.

Yaqinda “Astana” xalqaro moliya markazi tomonidan oʻtkazilgan “Green Finance Awards 2021” tanlovida Oʻzsanoatqurilishbankning yashil iqtisodiyotni rivojlantirishga qoʻshayotgan hissasi yuqori baholanib, Bosh sovrin – “Yilning eng yaxshi yashil investitsiya banki” mukofotini qoʻlga kiritdi.

Maʼlumot uchun: “Green Finance Awards” mukofoti yashil iqtisodiyotga oʻtish va butun dunyo boʻylab tabiiy resurslarga ehtiyotkorlik bilan munosabatda boʻlish gʻoyasini jamoatchilik orasida ommalashtirishga qaratilgan. Mukofot Markaziy Osiyodagi yashil moliyalash sohasidagi muhim tadbirlardan biri hisoblangan “Green Growth Forum” doirasida topshiriladi.





Boshqa yangiliklar

10/23/2026 06:00:48 pm
SQB o‘zbek tili uchun yirik ochiq matnlar bazasi — UzLPCloyihasini taqdim etdi

Sun’iy intellekt va raqamli texnologiyalar hayotimizga jadalkirib kelayotgan davrda, aqlli dasturlarning o‘zbek t ...

10/22/2026 10:44:22 am
Serjiu Choklya “O‘zsanoatqurilishbank” ATB Kuzatuv kengashi raisi etib saylandi

2026-yil 5-oktyabrda “O‘zsanoatqurilishbank” (SQB) aksiyadorlari tomonidan Kuzatuv kengashining mus ...


Oxirgi yangilanish sanasi: 04.08.2025 16:05  
up