Oʻzsanoatqurilishbank Yaqin Sharq moliya institutlari bilan qator kelishuvlarga erishdi


21.01.2025 14:02

Oʻzsanoatqurilishbank Yaqin Sharq moliya institutlari bilan qator kelishuvlarga erishdi

Oʻzsanoatqurilishbank tomonidan Yaqin Sharq moliya institutlari bilan xorijiy investitsiyalar jalb qilish va islomiy moliyalashtirish tamoyillarini joriy etish boʻyicha qator kelishuvlar imzolandi.

Prezident Shavkat Mirziyoevning joriy yil 13-15-yanvar kunlari Birlashgan Arab Amirliklariga rasmiy tashrifi doirasida ikki davlat rahbarlari ishtirokida siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiya kabi ustuvor sohalarda oʻzaro aloqalarni rivojlatirishga qaratilganmuzokaralar oʻtkazildi.

Ikki mamlakat rasmiy delegatsiyalari oʼzaro uchrashuvlari chogʻida tegishli tashkilotlar qatori Oʻzsanoatqurilishbank tomonidan ham Yaqin Sharqning yetakchi banklari hamda moliya muassasalari bilan samarali kelishuvlarga erishildi.

Xususan, “Mashreq Bank”, “Al Ahli Bank of Kuwait” va boshqa yetakchi moliya institutlari bilan umumiy qiymati 225 mln. dollarga teng xorijiy investitsiyalarni jalb qilish boʻyicha kelishuvlar imzolandi.

Ushbu xorijiy sarmoyalar iqtisodiyot tarmoqlari hamda kichik va oʻrta biznes sohasini moliyaviy qoʻllab-quvvatlashga yoʻnaltiriladi. Bu, oʻz navbatida, istiqbolli loyihalarni ishga tushirish, aholi bandligini taʼminlash va daromadini oshirishga xizmat qiladi.

Navbatdagi kelishuv “Al-Huda” Islomiy bank va iqtisodiyot markazi (“Al-Huda CHIBE”) bilan imzolandi. Bunda islomiy moliyalashtirish tamoyillarini joriy qilish, shariat sertifikatlarini olish va islomiymoliyaviy mahsulotlar ishlab chiqish maqsadi koʻzda tutildi.

Shuningdek, 16-yanvar kuni Dubay shahrida“International Finanche” xalqaro jurnali tomonidan taqdirlash marosimi oʻtkazildi. Tadbirda Oʻzsanoatqurilishbank “Eng yaxshi korporativ bank” va “Eng yaxshi korporativ boshqaruv banki” nominatsiyalari boʻyicha taqdirlandi.

Nashr tahlilchilari qayd etganidek, bank soʻngi besh yilda oʻz faoliyatini transformatsiya qilish asnosida yuqori natijalarni qoʻlga kiritdi. Bank qiyofasi, xizmat koʻrsatish sifati yangi bosqichga koʻtarildi, moliyaviy koʻrsatkichlari bir necha barobarga oʻsdi. Yirik korxonalarga alohida yondashuvlarda xizmat koʻrsatish maqsadida Korporativ markaz faoliyatini yoʻlga qoʻydi.

Bank Axborot xizmati






Boshqa yangiliklar

10/16/2026 06:58:12 pm
SQB: strategik rivojlanish va korporativ boshqaruvdagi natijalar

Joriy yilning 5 oktyabridan eʼtiboran Odilbek Isakovning “O‘zsanoatqurilishbank” ATB (S ...

10/14/2026 06:22:05 pm
SQBda texnik yangilash ishlari o‘tkaziladi

Hurmatli mijozlar! Joriy yil 15-oktyabr kuni soat 03:00 dan 13:00 ga qadar O‘zsanoatqurilishbank (SQB)ning ...

10/14/2026 05:37:53 pm
Murojaatdan amaliy yechimga: SQBda aholi bilan muloqot qanday yo‘lga qo‘yilgan?

Toshkent viloyatida O‘zsanoatqurilishbank mas’ullari ishtirokida o‘tkazilgan sayyor qabulda fuqaro B.M. o‘z bizne ...


Oxirgi yangilanish sanasi: 22.01.2025 12:37  
up
logo
DEMO
close
Давайте поговорим!
close
send
arrow-left
Недавние чаты
close
История
FAQ
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит