Oʻzsanoatqurilishbank Axborot xizmati bayonoti


10.08.2024 10:39

Joriy yilning 9-avgust kuni ijtimoiy tarmoqda Oʻzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligining korporativ axborot yagona portali – openinfo.uz’da  Oʻzsanoatqurilishbank bilan bogʻliq maʼlumotlar kechiktirib joylashtirilgani haqida post eʼlon qilindi.

Holat oʻrganilganda bankning 2021-2024-yillar uchun “Kuzatuv kengashi, taftish komissiyasi va ijroiya organi tarkibiga kiritilgan oʻzgartirishlar” (jami 11 ta holat) boʻyicha muhim maʼlumotlar avvalroq, qonunchilikda belgilangan muddatda eʼlon qilingani, shu yilning 9-avgust kuni esa, ular texnik nosozliklar tufayli qayta yangilangani, biroq hech qanday ozgartirishlar kiritilmagani maʼlum boʻldi.

Shu oʻrinda, Oʻzsanoatqurilishbank faoliyatiga oid muhim maʼlumotlar openinfo.uz plastformasida qonunchilik talabiga koʻra oʻz muddatda eʼlon qilib borilayotganini maʼlum qilamiz.

Bank Axborot xizmati





Boshqa yangiliklar

10/23/2026 06:00:48 pm
SQB o‘zbek tili uchun yirik ochiq matnlar bazasi — UzLPCloyihasini taqdim etdi

Sun’iy intellekt va raqamli texnologiyalar hayotimizga jadalkirib kelayotgan davrda, aqlli dasturlarning o‘zbek t ...

10/22/2026 10:44:22 am
Serjiu Choklya “O‘zsanoatqurilishbank” ATB Kuzatuv kengashi raisi etib saylandi

2026-yil 5-oktyabrda “O‘zsanoatqurilishbank” (SQB) aksiyadorlari tomonidan Kuzatuv kengashining mus ...


Oxirgi yangilanish sanasi: 06.09.2024 16:56  
up