O‘zsanoatqurilishbankda Global yashil rivojlanish instituti vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi


01.02.2024 15:50

Joriy yilning 1 fevral kuni O‘zsanoatqurilishbank Bosh ofisida Global yashil rivojlanish instituti (Global Green Growth Institute – GGGI) vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda Bank va institut o‘rtasida o‘zaro anglashuv memorandumini tuzish bo‘yicha dastlabki kelishuvga erishildi.
Global yashil rivojlanish instituti xalqaro hukumatlararo tashkilot bo‘lib, u iqlim o‘zgarishi sharoitida taraqqiy etgan hamda bozor iqtisodiyotini tanlagan mamlakatlarda yashil iqtisodiyotni rivojlantirishga ko‘maklashib kelmoqda.
Institutning O‘zbekistondagi faoliyati 2022 yilda Orolbo‘yi mintaqasining yashil tiklanishini moliyalashtirishga yo‘naltirilgan hamkorlikdagi loyihani amalga oshirishdan boshlandi.
Uchrashuvda xalqaro tashkilotning mamlakatimiz yashil sektorini rivojlantirishdagi ilk qadamlari, yurtimiz iqtisodiyoti rivojiga qo‘shayotgan hissasi, shuningdek, GGGI va bank o‘rtasidagi ikki tomonlama munosabatlar muhokama qilindi.
Tomonlar Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi yashil loyihalarga alohida e’tibor qaratgan holda Bankning ushbu yo‘nalishda resurslarni jalb qilish imkoniyatini oshirish borasida kelishib oldilar.
Uchrashuv davomida Bank va institut o‘rtasida o‘zaro anglashuv memorandumini tuzish bo‘yicha dastlabki kelishuvga erishildi.
Ma’lumot uchun. Global yashil o‘sish instituti xalqaro hukumatlararo tashkilot bo‘lib, bosh ofisi Seul shahrida (Janubiy Koreya) joylashgan. Mazkur tashkilot 2012 yil 20 iyunda Rio-de-Janeyroda (Braziliya) BMTning Barqaror rivojlanish bo‘yicha konferensiyasi doirasida ta’sis etilgan. Hozirgi kunda institut dunyoning 30 dan ortiq mamlakatlarida 54 ta loyihani amalga oshirib kelmoqda.

Bank Axborot xizmati





Boshqa yangiliklar

10/23/2026 06:00:48 pm
SQB o‘zbek tili uchun yirik ochiq matnlar bazasi — UzLPCloyihasini taqdim etdi

Sun’iy intellekt va raqamli texnologiyalar hayotimizga jadalkirib kelayotgan davrda, aqlli dasturlarning o‘zbek t ...

10/22/2026 10:44:22 am
Serjiu Choklya “O‘zsanoatqurilishbank” ATB Kuzatuv kengashi raisi etib saylandi

2026-yil 5-oktyabrda “O‘zsanoatqurilishbank” (SQB) aksiyadorlari tomonidan Kuzatuv kengashining mus ...


Oxirgi yangilanish sanasi: 13.02.2024 15:51  
up